Biz haqimizda

Hazon.uz sayti kuz faslining oltin rangdagi serjilo tabiati, romantik manzaralari-yu, kishini o'yga toldiradigan ob-havosini sevuvchi bir guruh insonlar tomonidan yaratilgan bo'lib, siz azizlarga ezgulikni targ'ib qiluvchi ko'plab ijodiy va badiiy maqolalarni taqdim etadi. Biz bilan ko'ngil ko'chalarida birga sayohat qiling.

Aslida, "xazon.uz" manzilida faoliyat yuritishi kerak bo'lgan saytimizni "hazon.uz" ko'rinishida yaratishni ma'qullab, 2009-yilning 30-oktabrda O'zbekiston Respublikasining "UZ" domeni hududida ro'yhatdan o'tdik. Saytning asosiy vazifasi sevgi-muhabbat va oila mavzularini yoritib borish bilan internet resurslaridan ma'lumot oluvchilariga ibratli materiallarni taqdim qilish bo'lsa, qo'shimchasiga multimedia fayllar bilan yanada kengroq imkoniyatlarni taqdim etadi.

Bir yilcha faoliyat olib borgan mazkur sayt qisqa fursatda ozmi-ko'pmi o'quvchilariga ega bo'ldi. Shunda auditoriyani kengaytirish, foydalanuvchilarning shaxsiy sahifasiga qo'shimcha qulayliklarni qo'shish masalasi o'rtaga tashlandi. Buning uchun "hazon.uz" ma'lum muddatga yopilishi kerak edi. Afsuski qayta dasturlash ishlashlarida biz kutgan natijalar o'zini oqlamadi. Sayt bazasidagi material, fayllar butunlay yangilandi. Ammo bu yangilanish bilan birgalikda sayt o'z o'rni va sevimli oilasidek bo'lib ulgurgan ahil foydalanuvchilarini yo'qotib qo'ydi. Tizimdagi ko'plab xato va kamchiliklar esa saytni yana biroz vaqtga yopilishiga olib keldi.
2014-yilda oz fursat ko'rinish bergan sayt xakerlar hujumiga uchradi va bazadagi ma'lumotlar o'chib ketib, sayt faoliyati to'xtab qoldi. 2017-yilgacha davom etgan bu to'xtalishdan so'ng bizni qo'llab-quvvatlab turgan do'stlarimiz tashabbusi bilan dasturchilarimiz "hazon.uz"ni qayta tayyorlab, ishga tushirdi. Tizimga himoya vositalari o'rnatildi. Kamchiliklar to'liq bartaraf etilmagan bo'lsa-da sekin-astalik bilan barchasi o'z o'rniga tushmoqda. Saytning mavqeini tiklash, o'quvchilarimizga eng sara hamda foydali maqolalarni yetkazib berishga imkoni boricha harakat qilamiz.


"Orzularim xazonga aylandi", deya hechqachon tushkunlikka tushmang va orzu, xolis niyat, asosiysi aniq maqsad qilishdan to'xtamang. Bu dunyoda armonsiz kishining o'zi yo'q, barchasi hayot sinovlaridir. Ruhiyatingizni cho'ktirmay bu sinovlarga sabr bardoshli bo'ling. Qiyinchiliklar, albatta, ortda qoladi. Bargidan ayrilgan daraxt ham qayta kurtak yozadi. Bilasizmi baxt, aslida, nima? Baxtni har kim o'zicha talqin etadi, tasvirlaydi. Kim uchundir suyukli yor - baxt, yana kimgadir ota-ona - baxt va yana kimlargadir boldek shirin farzandlar baxt. Aslida, tirikligimiz, bu hayotning lazzatu azoblarini totish ham - baxt. Zero, "Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor". Barchangizga baxt kulib boqishini, yangi orzular, porloq kelajak, bardavom umr ila hayotingiz go'zal bo'lishini hamisha tilakdoshimiz.

Yuraklarni muzlatsa qayg'u
Mehr unga berar harorat.
Muhabbat - bu eng go'zal tuyg'u
Dunyo go'zallikdan iborat.
Orzularingiz bo'lsa osmonday
Pok tuyg'uni asrang jonday.
Yurak go'zallikka to'lganday
Dunyo go'zallikdan iborat.
Kimdir insonlikni bilmagan,
Kimdir hali inson bo'lmagan.
Dunyo inson bilan to'lmagan -
Dunyo go'zallikdan iborat.

Hazon.uz sayti hodimlari

Ushbu bo'limdagi yana bir maqola 30-oktabr saytimiz yaratilgan kun »

3

  • Doniyor1111

    Qaytganila yaxshi boldi endi toxtab qomela

    Doniyor1111 25.11.2017 16:17
  • Dostonbek

    Omad ishilarga

    Dostonbek 17.11.2017 15:35
  • Cronaldo

    Raxmat

    Cronaldo 15.11.2017 14:25

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish