Sizsiz yashashga o'rganib...

Men sizsiz yashashga o'rganib qoldim,
Lekin unutishga yetmaydi bardosh.
Izlaringiz izlab charchadim, toldim,
Ayriliq - yurakka botgan og'ir tosh.
Men sizsiz yashashga o'rganib qoldim.

Endi poylamasman yo'llaringizni.
Taqdirdan o'zimga keragin oldim,
O'shal qiz ayirdi qo'llarimizni.

Men sizsiz yashashga o'rganib qoldim,
Judolik azobi egadi boshim.
Sizday bevafoni qanday unutay?
Nahot unutdingiz, ey, bag'ritoshim?!

Yuklab olish (3.4 Mb)

Ozodabonu
Manba: www.hazon.uz

Ushbu bo'limdagi yana bir maqola Pianino. Go'zal musiqa »

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish