"Mehringiz ummoniga g'arq bo'lay, onajon!"
Bo'lim: Ko'ngil

"Mehringiz ummoniga g'arq bo'lay, onajon!"

Shaharda o'qib yurgan kezlarimda onam tushlik paytlari qo'ng'iroq qilib, nima yeganim haqida, albatta, so'rardi. Men "O'zinglar-chi?" deganimda, bolamning ko'ngli ketmasin deb "Shu non-choy" deb qo'yardi, xolos. Oh, mening soddagina onam-a...

Banner

Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Dunyoning bevafoligi xususida soatlab majlis qurib tonglar orttiramiz. Afsus, ertalab umrimizning eng g'ayratga to'la damlarini oxirat uchun emas, dunyo uchun musobaqalashib o'tkazamiz.
 
Og'ir kuningda yolg'izlatmayman
Oradan yeldek uchib o'tgan ikki oy ichida Akmal Sitoraga uylanishga rozi bo'lganini sezmay qoldi. To'y bu qadar tezlashib ketganidan faqat dadasi xavortirga tushdi.

Yolgonni rost deb yashamoq osonmi?

Odamni o'z maqsadlari sari kurashishga undovchi eng qudratli kuch nimaligini bilasizmi? Bu kunning nomi ishonch. U bo'lmagan joyda hech qanday tuyg'uga o'rin yo'q. Na sevgiga na do'stlikka.

Yaqinlarimizning bizga nisbatan kuchli mehr-muhabbatini qalban his qilib turarkanmiz, olg'a intilishdan hech qachon to'xtamaymiz. Ammo yaqinlarim ishonchimga arzirmikin. Ular bunga chindan loyiqmikin, bilmayman. Nahotki inson o'ziga nisbatan mehr-muhabbat va yuksak ishonch talab qilishdan oldin o'zi bunga qay darajada munosibligi haqida o'ylab ko'rmasa?! Ishonchingizni oqlab, uni asrab-avaylashga harakat qilish o'rniga sizdan nimadir ta'ma qilishni o'ziga ep ko'rsa?! Balki, ulardan osonlikcha voz kechib ketganim yaxshiroqdir. Yoki aldanayotganimni ko'ra-bila turib ham ularning yolg'onlarini haqiqatdek qabul qilishga o'zimni majburlab yashayveraymi?!

Hayotda birdan-bir qo'rqadigan narsam yo'qotish edi. Ammo hozir chindan ham bilmayman, aslida, yo'lg'on bo'lgan narsani ko'ra-bila turib ham uni rostdek qabul qilib yashash o'g'irroqmi yoki yolg'izlik...

O'ziga qanchalik muhtojligini bilib ham kerakli vaqtda seni yolg'iz qoldirsa, o'z xohish-istaklarini sening ko'nglingdan ustun qo'yib ham sendan mehr talab qilsa... O'z qalb og'rig'iga sendan davo izlasa-yu, seni tinglashga kelganda vaqt topa olmay, bir necha soniyalarni ham sendan darig' tutsa... Bunday odamlarga ishonib bo'larmikin?! Ular mehrimga, ishonchimga, fidokorligimga arzirmikin?!

Ammo ne qilayki, shunda ham undan voz kecha olmayapman. Bir vaqtning o'zida ham undan ko'nglim qolyapti, ham sog'inyapman.

Tan olmay iloj yo'q, shu paytgacha yuragimni to'ldirib, meni yashashga undab turgan narsa unga bo'lgan ishonchim va mehrim edi. Bugun esa aynan shu ikki bebaho boyligimdan judo bo'layotgandayman. Agar uni yo'qotsam yashashga kuch topolamanmi? Biroq endi bunday yashab bo'lmaydi. Men bugun qarshimda turgan ikki yo'ldan birini tanlashga majburman. Yolg'onni rost deb yashamoq yolg'izlik... Shuni ham bilamaniki, qay bir yo'lni tutmay menga oson bo'lmaydi...

Mavludabonu
Buxoro viloyati
Manba: www.hazon.uz


Tashqi yuza uchun

  • Fon uchun 1.jpg
  • Fon uchun 2.jpg
  • Fon uchun 3.jpg
  • Fon uchun 4.jpg
  • Fon uchun 5.jpg
  • Fon uchun 6-1.jpg
  • Fon uchun 6.jpg
  • Fon uchun 7.jpg
  • Fon uchun 8.jpg
  • Fon uchun 9.jpg
  • Fon uchun 10.jpg
  • Fon uchun 11.jpg
  • Fon uchun 13.jpg
  • Fon uchun 14.jpg
  • Fon uchun 15.jpg
  • Fon uchun 16.jpg
  • Video

  • Musiqa

  • Fikrlar

- sitora
zo'r sher yozar ekansiz. omad yana ko'proq yozing
- Yelda
Bo'lmasa yemagan somsaga pul to'lab turmaga ravona bolish xich gap emas edi. Xudo o'zi bir asrabdi s...
Muhabbat qurboni nomli maqolada
- Malika
Ajoyib menga yoqdi
"Nega qo'ling kishanli?" nomli maqolada

Bizga xabar yuboring

Hurmatli saytdoshlar, siz ham qalbingizda kechayotgan his-tuyg'ularni ko'ngil ko'chalarida armug'on etishingiz mumkin. Batafsil...

Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .
  • Fikr bildirilmagan