Ko'ngil (9)

Vijdonimdagi satrlar...

Esimda, birga o'sgan mahallamiz ko'chalarida, maktabimiz sinflarida, ko'chayu xiyobonlarda sen bilan tortishib, quvnoq yurgan kezlarimiz. Umrimning sarhisobini olsam, o'sha kezlar xayotimning eng nurafshon kunlari bo'lganday tuyulib ketadi. Yuragim o'rtanadi. Afsusmi, sog'inchmi, qandaydir noma'lum hislar ta'sirida qolib ketaman.

Batafsil...  

Adoqsiz o'kinch

Avtobusda ketib borarkanman, yo'l yoqasidagi paxta dalalariga ko'zim tushdi. Paxta terimi boshlanibdi… Mana, bir necha yildirki, kuz kirib, ochilib yotgan paxta dalasini ko'rdim deguncha, ko'z o'ngimda o'sha mash'um voqealar gavdalanaveradi.

Batafsil...  

Yolg'oni boshiga yetgan qiz

Bu voqea mening dugonam bilan 2011-yilda sodir bo'lgan. O'shanda 9-sinfda o'qirdik. Dugonamning otasi farzandlariga kompyuter sovg'a qildi. Internetdan yaxshi narsalar topib o'qish, o'rganish mumkinligini tanish-bilishlaridan eshitib, internet tarmog'iga ham ulatib berdi.

Batafsil...  

O'n yetti yoshli kelinchakni xo'rlagan er qismati

- O'n yetti yoshga kirganimda uydagilarning qistovi bilan turmushga chiqdim.  Yangi kelinchakligimda erimga tinimsiz qo'ng'iroqlar bo'lar, kech kelishu xiyonatlarning chegarasi ko'rinmasdi. Qiynalgan oilaning qizi bo'lganim uchun ham ota uyimga qaytib borishga yuzim chidamadi. Dilim og'risa-da, ertayu kech erimga insof so'rab, duo qilishdan nariga o'tolmasdim.

Batafsil...  

Ko'ngil saltanatidan noma

Hayot sinovlarga limmo-lim bo'lar ekan. Goh quvonch, goh qayg'u, goh omad, goh alam... Xullas, umr yo'llarida taqdir o'zining bir-biriga o'xshamagan o'yinlar ketma-ketligi bilan yoshimizga yosh, aqlimizga aql, kunimizga kun qo'shish bilan birga bizni raqqoslar kabi o'z o'yinida o'ynatar ekan (odamlar hayotning qo'shig'iga, taqdirning o'yiniga o'ynovchi raqqos va raqqosalarga o'xshatilganligi haqida qayerdadir eshitgan edim). Men ham mana shu o'yinlardan birining ishtirokchisiga aylandim. Sevgi bobida. Ko'ngil bobida...

Batafsil...  

"O'gay bo'lsa ham o'z onamday"

- Aytishlaricha, onam meni asrab olgan ekan. Ba'zida qo'ni-qo'shnilardan bu gapni eshitib qolsam, ishongim kelmaydi. Chunki onam sira o'gay onaga o'xshamaydi. Meni yuvib-taraydi, yemay yediradi, ichmay ichiradi. Har kuni maktabga ketayotsam "Bolam, to'xta", deya qo'limga ul-bul narsalarni tutadi. So'ng "Seni juda yaxshi ko'raman!" deya peshonamdan o'pib qo'yadi.

Batafsil...  

Yolg'onni rost deb yashamoq osonmi?

Odamni o'z maqsadlari sari kurashishga undovchi eng qudratli kuch nimaligini bilasizmi? Bu kunning nomi ishonch. U bo'lmagan joyda hech qanday tuyg'uga o'rin yo'q. Na sevgiga na do'stlikka.

Yaqinlarimizning bizga nisbatan kuchli mehr-muhabbatini qalban his qilib turarkanmiz, olg'a intilishdan hech qachon to'xtamaymiz. Ammo yaqinlarim ishonchimga arzirmikin. Ular bunga chindan loyiqmikin, bilmayman.

Batafsil...  

"Aybingiz go'yoki onaligingiz"

Go'zal bahor havosi vujudimga o'zgacha mayinlik bergandek. Xayollarim har doimgidek olislagani-olislagan. Hayot sinovlarga to'la, unda faqat g'oliblargina o'z o'rnini topadi. Allohga ming shukr, ota-onam yonimda, shu sabab ishlarim o'ng. Bir parcha etligimdan shu yoshimgacha hatto shamol qattiq esmasdi mening yonimda, yomg'irlar chetlab o'tdi doim meni...

Batafsil...  

Do'stlik sevgimni izhor qilishga yo'l bermaydi

Bugun u bilan tanishganimga to'rt yil bo'ldi. Shu yillar mobaynida u bilan suhbat qurib, gallarini tinglash menga cheksiz quvonch bag'ishlagan. Uning har bir gapi, so'zi men uchun o'zi kabi juda qadrli. Ammo men u uchun qay darajada muhim inson ekanimni bilmayman. Sababi, u meni faqatgina do'st deb hisoblaydi.

Batafsil...