O'n yetti yoshli kelinchakni xo'rlagan er qismati

  •  
  • Ko'ngil
  • Kuzatuvchilar: 60
  •   3

- O'n yetti yoshga kirganimda uydagilarning qistovi bilan turmushga chiqdim.  Yangi kelinchakligimda erimga tinimsiz qo'ng'iroqlar bo'lar, kech kelishu xiyonatlarning chegarasi ko'rinmasdi. Qiynalgan oilaning qizi bo'lganim uchun ham ota uyimga qaytib borishga yuzim chidamadi. Dilim og'risa-da, ertayu kech erimga insof so'rab, duo qilishdan nariga o'tolmasdim.

Oxiri pichoq borib suyakka qadaldi. Uning bema'ni qiliqlari kundan-kun avj ola boshladi. Farzandli bo'lganimizdan so'ng hatto ajralishni talab qildi. Uyimga keta olmasligimni, ota-onamga ortiqcha yuk bo'lishdan qo'rqishimni aytib, Xudoning zorini qilganlarim esimda… Qancha yig'lab-siqtamay u meni itni quvganday quvdi. Hatto ota-onasining ta'na-dashnomlariga ham e'tibor bermadi. Qo'limda go'dagim bilan zor-zor yig'lagancha uyga qaytdim. Oradan ikki yil o'tib, o'zim kabi turmushdan og'zi kuygan, lekin insofli, halol insonga turmushga chiqdim.

Mana, shuncha vaqt o'tib, meni haydagan, ko'nglimga ozor yetkazgan inson nochor ahvolga tushibdi. Ba'zan o'ylab qolaman, ehtimol, u meni xo'rlagani, dilimni og'ritgani uchun ham bugun nogiron bo'lib qolgandir. Kimsasiz, yolg'iz ekanini eshitib, bir tomondan unga rahmim keladi. Nachora, axir bu qismat!

Shaxina
Manba: www.hazon.uz

3

  • Fera

    qaytar dunyo qaytadi baribir boshqa yo'lminan

    Fera 11.12.2017 12:15
  • benom

    raxmingiz kelmasin uziz etganizdek bu qismat xar kim ekanin uradi

    benom 17.11.2017 16:40
  • Cronaldo

    Xayot sinovlarida xammasi. Xafa bolmang sizga sabr tiliman

    Cronaldo 09.11.2017 16:44

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish