Baxt

- Qo'lingdagi nima u?
- Baxt.
- Nega u bunchalik kichkina?
- U faqat menga tegishli. U juda chiroyli.
- Ha... Zo'r!
- Ozgina beraymi?
- Mayli...
- Kaftingni tut.
- Voy, issiq ekan...
- Yoqdimi?
- Albatta. Rahmat.

- Yaqin odamlarga rahmat aytishning keragi yo'q.
- Nima uchun?
- Ular hammasini so'zsiz tushunishadi.
- Qo'limda baxt borligi sabab ko'nglim halovatni his etyapti.
- Har doim shunday bo'ladi.
- Uni kim bilandir bo'lishsam-chi?
- U holda baxting yanada kattalashadi.
- Nega?
- Bilmadim. Lekin u yanada qaynoqroq bo'ladi.
- U kuydirishi ham mumkinmi?
- Qo'lni havas kuydiradi. Baxt esa kuydirmaydi.
- Kim bilan bo'lishishimni bilgandayman.
- Bundan juda xursandman.
- Unda...
- Omonlikda ko'rishguncha. Unda baham ko'r. Axir bu dunyoda baxtga zorlar bisyor...

Bonu
Buxoro shahri
Manba: www.hazon.uz

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish