"Do'stimga rahmim keladi."

- Bir og'aynim ayni damda sil kasaliga chilngan. Do'xtirlar uning uzoq yashamasligini aytishyapti. Eng achinarlisi, og'aynim endi o'n olti yoshga kirdi. Shu yoshda bunday xastalikka chalinish mumkinmi, deb o'ylayotgandirsiz.

Gap shundaki, og'aynim esini tanigandan beri chekadi. Chekadigan narsasini tanlab, ajratib ham o'tirmaydi. Natijada o'n to'rt-o'n besh yoshlarida tamaki uning ehtiyojini qondirmay qo'ydi. U kuchliroq og'ularga berila boshladi. Oqibatda organizim dosh bermadi. Tuberkulyozga chalindi. Hozir ham da'volanayotgani yo'q, ko'cha-ko'yda ichib, chekib yuribdi. Hatto choyxonaga borib, bo'kkuncha ichadi-da, shu ko'yi dumalab yotaveradi. Kimga aytishni bilmaymiz. Otasiga aytayli desak, otasi o'g'lidan battar. Onasi erta o'lib ketgan. Endigina balog'at yoshiga yetgan o'rtog'imning bu ayanchli taqdiri meni juda o'ylantiradi. Aksiga olib, atrofidagilar ham, qarindoshlari ham bu holatga jiddiy e'tibor qaratishmaydi. Bir-ikki marta hatto "Bunga gapirganning foydasi yo'q, baribir, odam bo'lmaydi", qabilidagi gaplarni eshitib qoldim.

Zafar

- Xo'sh, bu yerda ayb kimda? Albatta, oilada. Ammo "Qush uyasida ko'rganini qiladi", degan gap bor. Otaning ahvoli achinarli bo'lsa, boladan nima kutish mumkin? Biroq bizni qiynayotgan jihat shuki, nahotki o'sha oilaning qo'shnilari, mahalla-ko'y, yoshi kattalar bu oilaning shunchalik jarlikka qulayotganiga jim qarab turishgan bo'lsa? Xo'p, ota o'g'liga tarbiya berishga ojiz ekan, boshqalar-chi?.. Yosh bolaning tamaki chekib turganini ko'rib, bunga oddiy holat sifatida qarash achinarli emasmi?! Nahotki "O'g'lim, bu yaxshi ish emas, umringni zavol qilma", deyish biror-bir odamning qo'lidan kelmasa? Nahotki o'sha mahalladagi birorta yoshi keksaroq kishi, mahalla oqsoqoli yoki voyaga yetmaganlar bilan shug'ullanuvchi ma'sullar bu voqeani e'tiborsiz qoldirishgan bo'lsa?

Yana bir ayanchli haqiqat esa ohuning bolasi ohu, to'ngizning bolasi to'ng'iz bo'ladi. Ya'ni bola ota-onasidan, oilasidagi muhitdan o'rnak oladi. Demak, ota-ona farzandi uchun o'rnak bo'lishi lozim.

Hazon
Manba: www.hazon.uz

2

  • Nurali_778

    Nosvoyga o'tsin unda

    Nurali_778 09.12.2017 13:38
  • lochin

    xayotiga yang nimadir yoki kimdir kirib kelishi xam o'zgartirishi mumkin odamni

    lochin 17.11.2017 14:58

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish