"Sevamanu, undan or qilaman".

- Mening muammoimni bir dugonam eshitib mazasi qochib qoldi. Meni ahmoq deb o'ylamoqda. Boshqa dugonam esa meni sevmaydi deb o'ylamoqda. Gap shundaki ikki yildan beri bir yigit bilan sevishib uchrashmoqdaman, lekin to'g'risi u bilan odamlar oldiga chiqishga uyalaman. Biz asosan kechki payt domlar orasidaki "besedka"da gaplashib o'tiramiz.

Uyalishga kelsak, to'g'risi odamlar oldida o'zini tutishni bilmaydi, baqirib kuladi, kiyinishi bachkana. Uff-f, juda ko'p minusi bor yigit, lekin shundayligicha sevaman. Borgan sari unga turmushga chiqishni ham istamayapman negadir. Lekin men aniq bilamanki uni sevaman, bir kun gaplashmasam, bir kun ko'rmasam qiynalaman. Juda bir chiroylimasu lekin yoqimtoy, ko'zga tashlanadigan, simpatichniy bola.

Hali unga uydagilarim berarmikan... U asli viloyatlik, Toshkentda 6-7 yildan beri ishlaydi. Turmushni tasavvur qilsam, negadir umuman yoqmaydigan qo'shnimning o'g'lini uyida uning rafiqasi bo'lib yashashni a'loroq deb bilaman. G'alati, a? Tavba, o'zim ham hayronman. Qo'shnimning o'g'lini yaxshi bilganim, ota-onasiga bo'lgan munosabati va umuman oilasi yaxshi bo'lganigami... Xullas, ikki yillik yigitimni sevaman bu aniq, lekin undan uyalaman unga turmushga chiqish-chiqmaslikka ham hayronman. Tushunmayman... yordam kerak.

Surayyo
Manba: www.sayyod.uz

Ushbu bo'limdagi yana bir maqola « Ishxonaga oralagan shayton

1

  • Xosiyat

    O'tkinchu tuygular uchun o'zizni xam oila azolaringizniyam qiynab qo'ymang. Manimcha voz kechkaniz maqul

    Xosiyat 09.12.2017 06:35

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish