"Qizim uyimni tortib olmoqchi"

- Uch farzandim bor. Ikki qiz va bir o'g'il. O'g'lim bolalikdan nogiron. Qizlarimni uyli-joyli qilgach, xotinim vafot etdi. O'g'lim ikkimiz qoldik. Uni ham bir nogiron qizga uylantirib qo'ydik. Ammo kelinim ketib qoldi. Oradan yillar o'tib, katta qizim mendan so'ramay-netmay hovlimning hujjatlarini nabiramning nomiga o'tkazib olibdi. Ayrim joylarga meni olib borib, imzo chekdirsa, men buning nimaligini so'ramabman ham...

Keyin bilsam, u uyni nomiga rasmiylashtirgan ekan. Yaqinda hovlimga qurilish materiallari to'ktirdi. Nima qilmoqchisan, desam, kuyovim "Endi uy bizniki, xohlagan ishimni qilaman", dedi. Axir, aslida, hovli-joyim o'g'limnikiligini aytib tegishli idoraga borsam, "Otaxon, uy hujjatlariga o'zingiz rozilik berib, imzo chekkansiz", deyishdi. Hozir qizim bilan kuyovim "Yugurishni bas qilmasangiz, o'zingizni ham, bolangizni ham quvg'in qilamiz", deyishyapti. Erta-indin men bandalikni bajo keltirsam, o'g'lim qanday ahvolga tushadi?.. O'zimdan chiqqan baloga, qayga boray davoga...

S. Oqilov
Qarshi shahri
Manba: www.hazon.uz

Ushbu bo'limdagi yana bir maqola Bir burda nonning qadri »

2

  • jonibek

    unaqa farzandlami oq qilish kerey borifan yo'g'i

    jonibek 16.11.2017 04:04
  • Aziza

    Tovba tovba. Qaytar dunyu

    Aziza 12.11.2017 05:00

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish