Sensizlikka ko'nikib bo'ldim...

Sensizlikka o'rganib qoldim,
Armonlarim endi yig'lamas.
O'ksib-o'ksib yig'lagan damda,
Istab seni endi talpinmas.

Sensizlikka o'rgatib bo'lding,
Sevdirganing kabi bir vaqtlar.
Alamlarni tug'dirib qo'yding,
Qancha odam endi qiynalar.

Sensizlikni qabul qilganman,
Yo'llaringda emas nigohim.
Boshqa yo'lga intilmagan ham,
Kerakmikan menga bu ohim?

Sensizlikka ko'nikib bo'ldim,
Orzularim endi ushalmas,
Seni sevib bir yonib bo'ldim,
Uchrab qolsang, dilim quvonmas.
 
Sensizlikka o'rganib qoldim,
Sog'inchlarim endi yig'lamas.
Hayotimga adashib kelgan,
Bir beburdni endi qo'msamas.
 
Sensizlikka o'rganib bo'lib,
Nega yana senga atadim noma...

Manba: www.sayyod.com

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish