Hammaning o'z o'rni bor ekan

Kimdir taqdirning do'llarida
Vayron bo'lar, vayron bo'lar.
Kimdir esa unib-o'sib,
Gul bo'lar yo rayhon bo'lar.

Kim farzandga zor bo'lib o'tgan,
Kim bolasin xor qilib o'tgan.
Kim sog'liqning qadriga yetar,
Kimdir esa shikoyat etar.
Kim baxtini pulga sotadi,
Kimlar esa arang topadi.
Kim havasda yashagan odam,
Kim hasad-la tashlagan qadam.
Kimning ko'zin ko'r qilgan boylik,
Kimni hammadan zo'r qilgan boylik.
Kim sodda-yu, kim ayyor ekan,
Hammaning o'z o'rni bor ekan.

Zaynab
Denov tumani
Manba: www.hazon.uz

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish