Onajonim

Mehribon onajonim xotirasiga bag'ishlayman.

Daryolardek oqib o'tgan onam meni,
Xudoyimga yoqib o'tgan onam meni.
Hovlimizdek cho'kib qoldi yelkalarim,
Boshginamni egib qo'ydi bu g'am meni.

Kela qoling, ona, bir bor qaray, ona!
Mendan ahvol so'rang, sizdan so'ray, ona!
Siz yo'qsiz-ku, navo tingan bu dunyoda,
Qandoq qilib farzandman deb yuray, ona!
Yuzingizda ko'rganlarim mung edimu,
Bilmay qoldim, dunyo tormi, keng edimu?
Qaniydi hokim vaqt qaytsa orqaga...
Shundoq onam armonlarga teng edimu?
Hovlimizdek cho'kib qoldi yelkalarim,
Boshginamni egib qo'ydi bu g'am meni.

Iroda Suyunova
Samarqand viloyati
Manba: www.hazon.uz

Ushbu bo'limdagi yana bir maqola « Ertaklarni sog'indim bugun

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish