"Ikki oy ishsiz qolib, xotinimni sinadim."

- Ishxonamizda qisqartirish e'lon qilishganida men ishsiz qoldim. Kun uzog'i uyda bo'lganim uchun xotinim bilan tez-tez janjal bo'la boshladi. Jamg'argan biroz pulim bor edi. Shuni ishlatib turgandik. Ammo u sira sabr qilay demasdi. Kun uzog'i ish axtarib charchab kelsam yana janjalni boshlardi.

"Odam ham shunchalik latta bo'ladimi, siz bilan yashagandan ko'ra..." degan gaplaridan bezib, hammasini tashlab ketib qolgim keladi. Xotinimning sabrsizligi boshimga ish tushganda bilindi. Men unga pulim yo'q bo'lsa, kerak emas ekanman. Yaqinda boshqa, yaxshiroq ishga joylashdim. Endi pul topib kelganim uchun "Adajonisi" bo'lib qolganman. Nahotki ayolim pulim uchun men bilan yashayotgan bo'lsa?

Abduqodir
Toshkent shahri
Manba: www.hazon.uz

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish