"Erimning do'sti menga tinchlik bermayapti"

- Erimning ishi yuzasidan viloyat markaziga ko'chib kelib, ikki farzandni birgalikda tarbiyalab, tinch-totuv yashayotgandik. Mana, besh-olti oydirki, halovatim yo'qolgan. Chunki erim o'rtog'im deb uyga olib kelgan yigit menga tinchlik bermayapti. Telefon raqamimni qayerdan olgan, bilmadim-u, qo'ng'iroq qilaverib, holi jonimga qo'ymayapti.

Erimning uyda yo'qligidan foydalanib, bir necha marotaba uyimizga ham keldi. Hatto eshigimizni taqillatib o'tirganini qo'shnilarimiz ham ko'rdi. Men eshikni ochmadim. Qanchalik haqoratlab, ketishini talab qilsam ham: "Meni quvishingiz mumkin, ammo yuragingizdan hayday olasizmi?" deya bezbetlik qilib turib oldi. Bolalarimni bog'chaga qo'yishga borsam, yo'limni poylab turadi. Uning bu qilmishlarini erimga ayta olmayapman. Telefonimga har SMS kelganida yuragim o'ynaydigan, qo'rqadigan bo'lib qoldim. Bu surbet yigitni nima qilishni bila olmay dog'daman.

...02-37 abonenti
Manba: www.hazon.uz

2

  • benom

    eriz bu xaqda bilmidimi nega uziz sir saqlab yuribsiz

    benom 17.11.2017 16:37
  • Cronaldo

    Tormizmi so'tak birovniyam xotiniga koz olaytiradimi

    Cronaldo 17.11.2017 13:26

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish