"Men odamovi emasman"

- Kollejda o'qiyman. Guruhda negadir tengdoshlarim bilan muloqotga kirishishga qiynalaman. Ular ko'pincha meni masxara qilib, ustimdan kulishadi. Negaligini o'zim ham bilmayman.

Darslarni yaxshi o'qishga harakat qilaman, ammo guruhdoshlarimning mensimay munosabatda bo'lishidan dilim og'riydi va hamisha bundan o'zimni yolg'iz his etaman. Qizlar ham g'alati, mendan uzoqroq yurishga harakat qiladi. Ba'zida hammasining ko'zini o'ynatib mashhur inson bo'lib ketsam, ularni yalintirsam, degan xayolga boraman. Qaniydi, shu kunlar tezroq kelsa... Buning uchun astoydil o'qishim kerakka o'xshaydi.

Nodira
Jizzax viloyati
Manba: www.hazon.uz

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish