Mening ham yuragim tosh emas

- Yoshim 27 da. Hademay institutni tugataman. Kasbimni juda sevaman, biroq shaxsiy hayot masalasiga befarqligim oqibatida ko'p pand yeyapman.

Ota-onam meni uylantirmoqchi. Ammo uchrashgan birorta qiz menga yoqmadi. Ba'zida onam: "Sevish shartmas, to'ydan keyin ko'nikib ketasan", deydi. Mening esa sevib-sevilib uylangim keladi. Qizlar ba'zida menga "Sizning yuragingiz tosh-ku" deya hazillashishardi. Hozir xayolimda: "Sevib uylanish afzalmi yoki sovchilar orqalimi?" degan savol ko'ndalang turibdi. Nima qilsam ekan? Boshim qotgan.

G'olibjon
Farg'ona viloyati
Manba: www.hazon.uz

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish