Sayohatchi kelinning orzusi

Aziz xotini Diyoraning bir oydan buyon chet elga sayohatga chiqish haqidagi xarxashasini eshitaverib, qulog'i tom bitdi. "Ayol kishiga bir narsani aytib bo'lmaydi. Qayerdan ham va'da beribman", deb o'zini-o'zi koyib yurgan Azizning qarshisida xotini paydo bo'ldi-yu, sho'rlik erning peshonasi yana tirishdi.

Batafsil...  

Nafs

Salim aka sayohat, ham tijorat deganday Xorazmdan "Toshkent qaydasan?" deb yo'lga chiqdi. U mashina minishni juda orzu qilardi, oilasining kam-ko'stidan orttirib, yaqinda eskiroq bo'lsa ham avtoulov sotib oldi. "Eskini yamaguncha esing ketadi", deganlariday, mashina sotib olgandan beri uning kamchiligi tugamaydi.

Batafsil...  

Bolasini emizgan arvoh

Hammamiz quvonchli voqeani kutib turgan bir paytda oilamizga qayg'u oraladi. Opam farzandini dunyoga keltirdi-yu, olamdan o'tdi. Kutilmagan judolik bizni larzaga soldi. Ayniqsa, to'ng'ich farzandini kutib yurgan pochcham uchun bu ayriliq og'ir edi.

Batafsil...  

Banditning singlisi

Birinchi muhabbat
Qur'on oyatlarida zino qat'iyan qoralanadi. Bahrom ham buni yaxshi bilardi. Ammo… Yoshlik qilibmi, yo ehtiros ustunlik qildimi… Sojida bilan nikohsiz yotib qo'ydi… Nima qilishsin?.. Universitetda o'qib yurib bir-birlarini sevib qolishdi. O'rtadagi muhabbat kun sayin kuchaya bordi…

Batafsil...  

Folbinning kasofati

Erkak kishining ishi yurishmay qolsa, ko'ziga dunyo tor ko'rinib, kindik qoni to'kilgan uyiga ham boshi sig'may qolarkan. Sherali ishlayotgan to'quv fabrikasi xususiylashdi-yu, u "qisqartirish"ga tushib, bir haftacha bo'ldi - uyda o'tirib qoldi, qani endi yegan-ichgani ichiga tushsa.

Batafsil...  

Jodugar...

Tanishuv
Soniya folbin ro'parasida o'ranibgina o'tirgan yoshamol ayolning ko'zlariga qattiq tikilgancha, fol ko'rardi. Ichida nimalardir deb pichirlardi-da, qo'lidagi tasbeh bilan ayolning yelkasi, bellariga urib-urib qo'yardi. So'ngra og'ir uf tortib boshini norozi silkitib-silkitib olardi.
- Voy Xudoyim, - dedi nihoyat pichirlashdan to'xtab. - Uyingizni insu jinslar o'rab olgan, singlim!.. Shuning uchun eringizning ishlari yurishmayapti. Ishi yurishmagandan keyin xotinga qaragisi kelarmidi…
- Nima qilay, opa? - Soniyaga yoshli ko'zlarini umidvor tikib so'radi ayol. - To'yib ketdim bu dunyodan. Axir, bir yaxshi bozor qip kelayotuvdilar xo'jayinim. Yeganimiz oldimizda, yemaganimiz ketimizdaydi. Endi bo'lsa…
- Xavotir olmang! - uni yupatgan bo'ldi Soniya. - Iloji yo'q narsa borakanmi dunyoda?!. Hozir sizga tutatqi qilib beraman. Borib uy ichlariga tutatasiz. Kulini bo'lsa, eringiz bosib o'tadigan ostona ostiga sepasiz.
- Shu bilan… Ishlarimiz yurishib ketadimi yana?.. Xo'jayinimning ko'ngli isiydimi menga?..

Batafsil...  
Subscribe to this RSS feed