Hayot sinovlari (15)

Baxtga tushgan dog'

Bir yil avval Akromning ishxonasiga yangi xodim keldi. Yoshi qirqqa qarab ketayotgan ko'hlikkina ayol tezda jamoaga kirishib ketdi. Shu qatorda Akrom bilan ham tezda til topishdi. Ular ish yuzasidan tez-tez maslahatlashishardi. Akrom ikkisi bitta bo'limda bo'lgani bois ish vaqtida u yoq-bu yoqdan gaplashib ham turishardi. Ana shunday vaqtlarda Dilbar opa Akromga opalarcha maslahat berar, olisdan kelib, shaharda ishlab yuribdimi, shunga yarasha natijaga erishish kerakligini uqtirardi. Akrom o'zidan o'n yosh katta bo'lgan Dilbar opaning bu kabi nasihatlarini jon qulog'i bilan tinglardi.

Batafsil...  

Qismatga qul bo'lgan qiz

- Ma'rufdan yana xabar keldi. Ra'yini sindirma, bolam! - Lobar onasining nima demoqchi ekanligini bildi. Yuzini ters qilib, chuqur xo'rsindi-da:
- Boshimda erim bor, - dedi.
- Bo'ldi, tugadi hammasi, - deya yostiqni shapatilab qoqqan bo'ldi-da, tag'in joyiga qo'ydi Anorgul opa. Bu yoqimsiz xabarni aytayotganda uning ko'zlariga qaramaslik uchun bahona edi. - Qaynonang kelin axtaryapti. Aniqlashtirdim. Ering qaytmaydi, baribir.
- Ajrashishimni kutib o'tirgan ekan-da Ma'rufingiz, - to'ng'illadi Lobar. - Otning o'limi itlarga bayram bo'ladi.
- Bo'ldi qil! - uning gapini bo'ldi Anorgul opa. - Kim otu, kim it bu yerda?! Buni ertaroq o'ylash kerak edi.

Batafsil...  

Ko'ngildagi dog'

"Bosh shifokor Nodira G'ulomova" degan eshik sekin ochildi va kotibaning boshi ko'rindi.
- Nodira Asadovna, sizni so'rab kelishibdi.
- Kim? - so'radi Nodira ishdan bosh ko'tarmay.
- B-bilmadim, onasiman, deydi.

Batafsil...  

Bir tomchi yoshchalik qadrsiz dunyo

Jamilaning ko'z yoshlari yuzini yuva boshladi. Temur o'rnidan turib, qiz tomon ikki qadam qo'ydi-da, yuziga qaray olmay,  sovuqqonlik bilan shivirladi:
- Endi men bora qolay!
- Kim u? - hayajon aralash so'radi Jamila.
- Hech kim. Ishon, oramizda hech kim yo'q, men rostini aytdim…
- To'yni to'xtating, Temur aka, to'xtating dedim, yo'qsa, o'zimni nimadir qilaman, ishoning, keyin afsuslanasiz…

Batafsil...  

Harom luqma qonga singadi

Shuhrat aka mashina eshigini ochgan uy xizmatchisini bir turtib yubordi-da, uyiga qarab otildi. O'zini qo'yarga joy topa olmayotgan erkak hadeb hansirar, ko'zlari ola-kula bo'lgan ko'yi baqirardi.
- Salima! Salima, dedim!
- Hay-hay, sekin! - deya ichkari uydan yugurib chiqqan ayol uxlar chog'da ham yaltir-yultir kiyinib olgancha eriga yaqinlashdi.
- Nega bir chaqirganda chiqmaysan, a?! - dedi Shuhrat aka bo'yinbog'ini bo'shatarkan. - Qani, o'g'il-qizing?
- Voy, buncha baqirasiz? - dedi ko'rsatkich barmog'ini labiga bosib "jim" ishorasini qilgan ayol.
- Senga bolalar qaerda deb savol berdim?! - dedi jazavaga tushishni boshlagan erkak. - Gapir, haliyam ko'chada tentirab yurishibdimi?!

Batafsil...  

Raqqosaning taqdiri

Laylo oyisining tizzasiga o'tirgancha uning qo'l harakatlarini kuzatardi. Ikki qo'lini xuddi ilondek to'lg'atishni biladigan oyisi ba'zan dadasi yo'g'ida unga raqs tushib berardi. Laylo birinchi sinfdanoq chiroyli raqs tushishi bilan o'qituvchilarning e'tiboriga tushdi. Lekin dadasining yonida raqs so'zini ham tilga olib bo'lmasdi.

Batafsil...  

Baxt ortidagi tamg'a

- Men bolaning tug'ilishiga qarshiman.
- Esingni yeganmisan, Nodir? Axir bu bola sening farzanding-ku!
- Men birinchi farzandimiz o'g'il bo'lishini istayman, ammo tekshiruvlar uning qiz ekanligini ko'rsatdi. Xumoraga homilani oldirib tashlashini tayinlaganman.
- Do'stim, keyin afsuslanasan!
- Erkak kishi qaroridan afsuslanmaydi! - Nodir shunday dedi-yu, xonadan chiqib ketdi.

Batafsil...