Tuhmat qilgan odam halovat topmaydi

Men bir suluv qizni tanirdim. Unga uylanishni istab, ortidan devona bo'lib yurgan oshiqlari ko'p edi. Hammasi unga ega chiqishni istardi. Oshiqlari orasida ikkitasi uni deb jonidan kechishga tayyor ikki do'st bor edi. Biri boy, ikkinchisi kambag'al. Qiz boyvachchani emas, duradgorning o'g'lini tanladi.

Boyvachcha alamiga chidolmadi, duradgorning o'g'li baxtdan sarmast bo'ldi. Kambag'al yigit suluv uni tanlaganiga ishonolmasdi. "Nega u bunday yo'l tutdi? Nega u boyvachchani emas, meni tanladi?" deb har ishdan yomonlik izlayverdi. U baxt kishi boshiga qo'nganiga ishonolmas, ayoliga boyvachchaning buyrug'i bilan tuhmat toshini yog'dirganda ham uning pokligiga, xiyonat qilmaganiga aqli bovar qilmasdi. Muhabbati javobsiz qolgan boyvachcha oshiq ayolni yomonotliqqa chiqardi. Bechora xotin har qancha yalinib, erini so'zlariga ishontirishga urinmasin, turmush o'rtog'i uning gaplariga ishonmadi va uni bolasi bilan ko'chaga haydadi.

Yillar o'tib, men o'sha ayolning bir etak bolalar qurshovida ikkinchi turmushidan saodatli bo'lib, baxtli oila bekasiga aylanganini ko'rib, quvondim. Chunki u shunga arzirdi. Ayol ortiga qaytmadi. Eriga o'sha gaplar shunchaki uydirma, quruq tuhmat ekanini isbotlashning birdan-bir yo'li halol, pokiza hayot kechirish, deb hisobladi va yanglishmadi. Eri esa bir betayin xotinga uylandi. Uyi xarob bo'ldi. Bolalarining tarbiyasi ham buzildi. U baxtli oilaga ega bo'lolmadi va xato qilganini juda kech tushundi. Duradgor erkak harchand harakat qilmasin, ayolni to'g'ri yo'lga boshlay olmadi. Axiyri xotini bilan kurashishdan ham charchadi. Tuhmat qilgan boyvachchaning taqdiri esa unikidan ham achchiq bo'ldi. Qizlarining turmushi birma-bir buzilib ketganidan keyin o'tmishdagi xatolarini tushunib, bir vatlar begunoh ayolga jabr qilgani haqida o'ylagan va aynan shuning uchun ortga qaytib, o'rtog'i va o'sha suluv qizdan uzr so'ragan.

Farangiz Ahmedova
Buxoro shahri
Manba: www.hazon.uz

Ushbu bo'limdagi yana bir maqola « Baxtga tushgan dog'

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish