"Mehringiz ummoniga g'arq bo'lay, onajon!"
Bo'lim: Ko'ngil

"Mehringiz ummoniga g'arq bo'lay, onajon!"

Shaharda o'qib yurgan kezlarimda onam tushlik paytlari qo'ng'iroq qilib, nima yeganim haqida, albatta, so'rardi. Men "O'zinglar-chi?" deganimda, bolamning ko'ngli ketmasin deb "Shu non-choy" deb qo'yardi, xolos. Oh, mening soddagina onam-a...

Banner

Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
Dunyoning bevafoligi xususida soatlab majlis qurib tonglar orttiramiz. Afsus, ertalab umrimizning eng g'ayratga to'la damlarini oxirat uchun emas, dunyo uchun musobaqalashib o'tkazamiz.
 
Og'ir kuningda yolg'izlatmayman
Oradan yeldek uchib o'tgan ikki oy ichida Akmal Sitoraga uylanishga rozi bo'lganini sezmay qoldi. To'y bu qadar tezlashib ketganidan faqat dadasi xavortirga tushdi.

Keyingi hayoti nomalum juvon

Yoshgina juvon kasalxonaga behush holda olib kelindi. Shifokoru hamshiralar ham yugur-yugur qilishib, uni jonlantirish bo'limiga joylashtirdik. Xayriyat, muolajadan so'ng bemor ko'zini ochdi.

Biz ayollar o'zi shunaqamiz. Ro'zg'or, bola-chaqa, deb yuraveramiz. Sog'lig'imizni o'ylamaymiz. Biror joyimiz og'risa ham shifokor ko'rigiga borgimiz kelmaydi. "Ortiqcha vahima qilishning nima keragi bor? O'tib ketadi", deymiz. Oqibatda esa...

O'sha kasalxonamizda davolanayotgan juvonni ko'rgani tog'asi, yangasi tez-tez kelib turar, ammo eri onda-sonda bir ko'rinib qolardi. Buni negadir ayol boshqalarga sezdirmaslikka harakat qilsa-da, turmush o'rtog'i bilan gaplashishni istamasligi yuz-ko'zidan bilinardi. Aslini olganda-ku, palatadoshlarining suhbatiga ham aralashavermas, kun bo'yi deraza yonida tashqariga termilganicha nimalarnidir xayol surib o'tirardi. Bolalarning ovozini eshitib qolsa, birdan sergak tortar, ko'zlari chaqnab atrofga alanglardi.

Bir kuni kasalxonamiz hovlisidagi o'rindiqda yig'lab o'tirganini ko'rib, asta yoniga bordim. Shosha-pisha ko'z yoshlarini artib, menga salom berdi. Salomiga alik olib, so'radim:
- Tinchlikmi, Nigoraxon?
- Tinchlik, tinchlik! O'zim shunchaki...
- Mendan biron yordam kerak emasmi?
- Rahmat, shundoq ham sizdan minnatdorman. Menga ko'p yordamingiz tegdi, - dedi u mendan nigohini olib qochib.
- Hechqisi yo'q, bu bizning vazifamiz, - deb unga tasalli berdim. - Singlim, xavotir olmang. Dardingiz og'ir emas, Xudo xohlasa, bir necha kun davolanib, yana oilangiz bag'riga qaytasiz.
- E, opa, siz bilmaysiz, mening dardim juda og'ir. Bu azoblardan o'lmasam qutulolmayman, - dedi Nigora boshini sarak-sarak qilib.
- Nega bunaqa deyapsiz? - deya so'radim-da, uning ko'nglini ko'tarishga urindim. - Issiq jon isitmasiz bo'lmaydi. Sal shamollagan ekansiz. O'tdi-ketdi. Ana endi sog'lig'ingizga e'tibor beradigan bo'ldingiz.

Nigora yoshiga nisbatan ancha katta ko'rinardi. Sochlariga oq oralagan, yuziga erta ajin tushgan, rang-ro'yi so'lg'in edi. "Bemorning birinchi navbatda ruhiyatini, keyin tanasini davolash kerak", deyishadi. Shuning uchun Nigoraning qalbida nima gaplar borligini bilmoqchi bo'ldim.
- Farzandlardan nechta?
- Ikkita, ikkalasi ham o'g'il. Qizim yo'q.
- Mening esa uch qizim bor.

Nigoraga bolalarini eslatganim, men o'ylagandek unga ta'sir qildi. Ularning bir-biridan shirin qiliqlarini erinmasdan tasvirlab berdi. Lekin negadir erini tilga olmadi. Garchi ko'nglim buning sababini sezgan bo'lsa-da, qiziqishim ustun keldi.
- Eringizni ham ko'rgandim, binoyidek yigitga o'xshaydi...

Nigora yalt etib menga qaradi.
- Siz yanglishyapsiz, - dedi u ovozi qaltirab, - erim odam emas, hayvondan battar.

Oramizda noqulay jimlik cho'kdi. Nigora o'ylanib qoldi. Men ham biron narsa deyishga botinolmadim. Shu ahvolda qancha o'tirganimizni bilmayman. Bir payt Nigora "Mayli, opa hammasini aytib beraman", deb chuqur uh tortdi. Unga boshidan o'tgan kunlarni eslash qanchalik og'ir bo'lsa, tinglash menga ham oson emasdi...

Ota-onasi "Begonaga bergandan ko'ra, o'zimizniki yaxshi", deb o'n sakkiz yoshida uni uzoqroq bir qarindoshlarining o'g'liga uzatishibdi. Bir-ikki oy tinch yashashibdi. Nigora keyin bilsa, eri boshqa qizni sevgan, unga esa ota-onasining xohishi uchungina uylangan ekan. Tirnoq ostida kir qidirib, bo'lar-bo'lmas janjal qiladigan odat chiqaribdi. Arzimagan bahonalar topib, xotinini haqorat qiladi, kaltaklaydi. Bechora kelinchak dodini kimga aytishni bilmaydi. Agar uyiga qaytib boradigan bo'lsa, o'rtada qarindoshlik rishtalari tamoman uzilib ketadi. Buning ustiga otasining qon bosimi bor ekan. Siqilishi mumkin emas. Qaynona-qaynotasiga shikoyat qilgandan foyda yo'q. Ularning o'g'liga so'zi o'tmaydi.

Shu zaylda oradan olti yil o'tadi. Nigora ikki farzandli bo'ladi. Ammo eri unga nisbatan munosabati zarracha o'zgarmaydi. Bu ham yetmaganday hovliga yana bir kelin tushgach, er-xotin Toshkentga kelishga majbur bo'lishadi. Nigoraning tog'asi shu yerda yasharkan. U o'ziga yaqin joydan jiyani bilan kuyoviga uy topib beradi. Nigorani ishga, uning kichik o'g'lini bog'chaga joylashtiradi. Xullas, jonkuyar tog'a ularga qo'lidan kelganicha ko'maklashib turadi. Ammo nobakor kuyov nobakorligicha qoladi. Maoshini tiyin-tiyinigacha sanab oladi-yu, "Ishdan kech qaytyapsan. O'ynash orttirib olgansan", deb ro'zg'orni tebratish uchun yelib-yugurib yurgan xotinini ayblay boshlaydi. Hatto ba'zan urib, uydan ko'chaga chiqarib yuboradigan ham bo'ladi. Shunday paytlarda bechora ayol tog'asinikiga boradi. "Erim uyda yo'q. Bir o'zim qolishga qo'rqdim", deb yangasini aldaydi. Erining urgani, ko'chaga haydab chiqargani haqida hech kimga og'iz ochmaydi. Ammo bir kuni tog'asi ahvoli yaxshimasligini ko'rib, savolga tutadi. Shundagina Nigora haqiqatni aytadi. Tog'asi avvaliga "Ayb o'zingdan ham o'tgandir. Ering bekordan-bekor qo'l ko'tarmas", deb unga ishonmaydi. Bu hol bir necha marta takrorlanib, jiyanining aldamayotganiga amin bo'lgach, unga maslahat beradi:
- Unaqa erning boridan yo'gi yaxshi. Ayol kishiga ham shunchalik azob beradimi, ajrash!

Nigora o'rtada farzandlari borligini, ota-onasining qarindoshligini, otasining sog'lig'i yaxshi emasligini aytib, eridan voz kechishga ko'nmaydi.

Ijara pulini to'lash, bog'cha uchun beriladigan pul ham Nigoraning zimmasiga yuklatilgan. Eri esa hech qayerda ishlamaydi.
- Katta o'g'limni qishloqdan olib kelib, "Bolalar uyi"ga topshiraman, - dedi u.
- Nega? U ishonchli qo'lda, ota-onangizni bag'rida yuribdi-ku, - e'tiroz bildiradi Nigora.
- Ota-onam qarib qolgan. O'g'lim "Bolalar uyi"da tarbiya topadi, - deb o'z fikrini o'tkazishga harakat qiladi eri.
- Yo'q, men aslo rozi emasman. Ota-onasi tirik bo'la turib, bolam "Bolalar uyi"da yashaydimi? Mayli, bolani Toshkentga olib keling. Qiynalsak ham biz bilan yashayversin.

Xullas, bu galgi janjal oqibatida Nigora hushidan ketib, yiqiladi va kasalxonada ko'zini ochadi.

Albatta, birovga arzi-hol qilayotganda ko'pchilik haqman, deydi. O'zining kamchiliklarini nazardan chetda qoldiradi. Ehtimol, Nigoraning ham aybi bordir, u ham sutdek oq emasdir.

... Ketishga ruxsat tekkan kuni kasalxonaga tog'asi va yangasi kelib, Nigorani olib ketishdi. Uning keyingi hayotidan bexabarman. Biroq o'sha juvonni tez-tez eslab turaman.

Nazira
Manba: www.hazon.uz


Tashqi yuza uchun

  • Fon uchun 1.jpg
  • Fon uchun 2.jpg
  • Fon uchun 3.jpg
  • Fon uchun 4.jpg
  • Fon uchun 5.jpg
  • Fon uchun 6-1.jpg
  • Fon uchun 6.jpg
  • Fon uchun 7.jpg
  • Fon uchun 8.jpg
  • Fon uchun 9.jpg
  • Fon uchun 10.jpg
  • Fon uchun 11.jpg
  • Fon uchun 13.jpg
  • Fon uchun 14.jpg
  • Fon uchun 15.jpg
  • Fon uchun 16.jpg
  • Video

  • Musiqa

  • Fikrlar

- sitora
zo'r sher yozar ekansiz. omad yana ko'proq yozing
- Yelda
Bo'lmasa yemagan somsaga pul to'lab turmaga ravona bolish xich gap emas edi. Xudo o'zi bir asrabdi s...
Muhabbat qurboni nomli maqolada
- Malika
Ajoyib menga yoqdi
"Nega qo'ling kishanli?" nomli maqolada

Bizga xabar yuboring

Hurmatli saytdoshlar, siz ham qalbingizda kechayotgan his-tuyg'ularni ko'ngil ko'chalarida armug'on etishingiz mumkin. Batafsil...

Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar