Sirli olam (10)

Bolasini emizgan arvoh

Hammamiz quvonchli voqeani kutib turgan bir paytda oilamizga qayg'u oraladi. Opam farzandini dunyoga keltirdi-yu, olamdan o'tdi. Kutilmagan judolik bizni larzaga soldi. Ayniqsa, to'ng'ich farzandini kutib yurgan pochcham uchun bu ayriliq og'ir edi.

Batafsil...  

Banditning singlisi

Birinchi muhabbat
Qur'on oyatlarida zino qat'iyan qoralanadi. Bahrom ham buni yaxshi bilardi. Ammo… Yoshlik qilibmi, yo ehtiros ustunlik qildimi… Sojida bilan nikohsiz yotib qo'ydi… Nima qilishsin?.. Universitetda o'qib yurib bir-birlarini sevib qolishdi. O'rtadagi muhabbat kun sayin kuchaya bordi…

Batafsil...  

Folbinning kasofati

Erkak kishining ishi yurishmay qolsa, ko'ziga dunyo tor ko'rinib, kindik qoni to'kilgan uyiga ham boshi sig'may qolarkan. Sherali ishlayotgan to'quv fabrikasi xususiylashdi-yu, u "qisqartirish"ga tushib, bir haftacha bo'ldi - uyda o'tirib qoldi, qani endi yegan-ichgani ichiga tushsa.

Batafsil...  

Jodugar...

Tanishuv
Soniya folbin ro'parasida o'ranibgina o'tirgan yoshamol ayolning ko'zlariga qattiq tikilgancha, fol ko'rardi. Ichida nimalardir deb pichirlardi-da, qo'lidagi tasbeh bilan ayolning yelkasi, bellariga urib-urib qo'yardi. So'ngra og'ir uf tortib boshini norozi silkitib-silkitib olardi.
- Voy Xudoyim, - dedi nihoyat pichirlashdan to'xtab. - Uyingizni insu jinslar o'rab olgan, singlim!.. Shuning uchun eringizning ishlari yurishmayapti. Ishi yurishmagandan keyin xotinga qaragisi kelarmidi…
- Nima qilay, opa? - Soniyaga yoshli ko'zlarini umidvor tikib so'radi ayol. - To'yib ketdim bu dunyodan. Axir, bir yaxshi bozor qip kelayotuvdilar xo'jayinim. Yeganimiz oldimizda, yemaganimiz ketimizdaydi. Endi bo'lsa…
- Xavotir olmang! - uni yupatgan bo'ldi Soniya. - Iloji yo'q narsa borakanmi dunyoda?!. Hozir sizga tutatqi qilib beraman. Borib uy ichlariga tutatasiz. Kulini bo'lsa, eringiz bosib o'tadigan ostona ostiga sepasiz.
- Shu bilan… Ishlarimiz yurishib ketadimi yana?.. Xo'jayinimning ko'ngli isiydimi menga?..

Batafsil...  

O'limdan keyingi hayot (4-qism)

Xayriyat, ular menga yana mehr ko'rsatishdi. Bobom va farishtam jinlarga qachonlardir Germaniyadan Rossiyaga xayriya yordami jo'natganimni, birovlarga mehr ko'rsata olishimni isbotlashdi. Bundan tashqari, xolam bilan bog'liq palto voqeasini ham eslatib o'tishdi.

Batafsil...  

O'limdan keyingi hayot (3-qism)

Shafqatsiz kuch meni himoyachilarimdan ajratib qo'ygach, shu lahzadayoq aylana atrofimni qora sharpalar o'rab olishdi. Ular boshimga qop-qora matoni yopib qo'yishdi. Endi men hech narsani ko'ra bilmas, eshita olmas, so'zga tilim aylanmasdi. Vujudim muzlab, hech narsani his etmay borayotganimni idrok etib turardim.

Batafsil...  

O'limdan keyingi hayot (2-qism)

Men bo'shashgancha shiftdan pastga tushdim. Onam meni mahkam quchib boshimni silay boshladi.
- Kechir meni, qizim! Hamma ayb o'zimda. Seni ibodat qilishga o'rgatmagandim.
- O'zing ham qoyillatmasding! - gapga aralashdi bobom.
- To'g'ri aytasiz, - dedi onam. - Agar siz bo'lmaganingizda, do'zaxda kuyardim. Men, axir, o'limim oldidan ham tavba qilishni istamaganman. Shu sababli menga boshqalar singari janoza o'qishmagan. Qizim, bilib qo'y, bobong Yevgeniy juda buyuk inson. U butun umr ibodat bilan yashagan. Afsuski, uni bolsheviklar nayza bilan o'ldirib cherkov darvozasi tepasiga osib qo'yishgan. O'sha yerda u bir kecha- kunduz osilib turgan. Bolsheviklar hech kimni jasad yaqiniga yo'latmagan.

Batafsil...  

O'limdan keyingi hayot (Mistika)

Mening o'limdan keyingi sarguzashtlarim to'rtinchi qavatdan yiqilganimdan so'ng boshlandi.

Qiziq, keyinroq politsiyadan aniqlab bilsam, o'limimga ikkita sabab qo'yishibdi. O'z joniga qasd qilish va joniga qasd qilish niqobi ostidagi qotillik.

Batafsil...  

Sir tutilgan adovat

Zikrillaning baxt quyoshi kulib yirik korxonalarning biriga boshliq etib tayinlandi. Shu kunlarga yetib kelgunga qadar ancha-muncha issiq-sovuqni boshidan o'tkazgan Zikrilla ishga jon-dili bilan kirishib ketdi. Ammo allaqachon bu ko'chaning changini chiqarib o'tgan otasi Zikrillaning yuqorilashidan ich-ichidan quvonsa-da, dilini allaqanday qo'rquv bosardi.

Batafsil...