Choychaqa

  •  
  • Tomchi
  • Kuzatuvchilar: 82
  •   1

Sardorning qorni juda och qoldi. Ko'p ishlayverganidan bo'lsa kerak, majolsiz edi. Shu sababdan tamaddi qilib olish uchun yaqin o'rtadagi kafega kirdi. Stolga o'tirar-o'tirmas, ofisiant qiz yetib keldi.
- Nima buyurasiz?
- Hozircha ko'k choy, ovqatni taomnomani ko'rib aytaman.

Ofisiant ketishi bilan Sardor taomnomaga ko'z yugurtirdi. Biroq hafsalasi pir bo'ldi. Shaharga oldingi safar kelganidagidan beri ancha narx oshibdi. U cho'ntagiga qo'l yugurtirdi hamki, ofisiant choy olib keldi.
- Tanlab bo'ldingizmi?
- Bir porsiya norin qancha bo'ldi?
- O'n bir ming!
- Yarim porsiya-chi?
- To'qqiz ming!
- Unda yarim porsiya olib keling...

Ofisiant ketishi bilan Sardor qo'lini cho'ntagidan oldi va pulini hisoblab qo'ydi. Yetmaydi.

Qiz norinni olib keldi va hisobni stol ustiga qo'yib ketdi. Qaytganida esa yigit yo'q edi. Stolda qoshiq ham tegmagan norin, buyurtma qilingan choyning puli va ovora bo'lgan ofisiant uchun choychaqa qoldirilgandi...

Vahob Rahim
Manba: www.hazon.uz

Ushbu bo'limdagi yana bir maqola « Pul o'g'risi Mo'jizza »

1

  • Nurali_778

    halol odam ekan(

    Nurali_778 09.12.2017 13:37

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish