Mo'jizza

  •  
  • Tomchi
  • Kuzatuvchilar: 52
  •   2

Beva ayolning bitta odati bor edi. Har sahar uyg'onganishi bilan darvoza tagida o'tirib olib: "Tangrim, bizga bergan hamma narsa uchun senga shukrlar bo'lsin!" deya duo qilardi. Har safar yon qo'shnisi bo'lmish o'ziga anchayin bino qo'ygan ayol uning duosi yakunlanishi bilan: "Alloh yo'q, Alloh yo'q!" deya baqirib qolardi. Bu hol deyarli har kuni takrorlanardi.

Bir kuni qo'shnisi bozorga tushib, har xil sabzavotlar, meva va shirinliklar olib, uni savatga soldi-da, boyagi bevaning eshigi tagiga qo'yib, o'zi daraxt panasiga o'tib turdi.

Beva ayol ko'chaga chiqqanida savatchadagi ne'matlarni ko'rib dastlab taajublandi, so'ng egasini axtarishga tushdi. Axiyri savatcha oldiga cho'kkaladi-da:
- Senga beadad shukrlar bo'lsin, Tangrim! Yetkazgan bu ne'matlaring uchun! - deya duo qila boshladi.

Shu payt daraxt ortida turgan qo'shni ayol o'rtaga chiqdi-da:
- Alloh yo'q, deb aytgandim-ku senga, ana ko'rdingmi, bu ne'matlarni axir men o'z pulimga olganman, - dedi.

Beva ayol hech narsa demadi. Pinagini ham buzmadi. Aksincha, qo'llarini yana duoga ochdi:
- Yo Tangrim, senga qancha shukronalar aytsam ham oz. Mo'jizangni qara! Ham bu ne'matlarni menga berding, ham pulini shaytonga to'latibsan, shukr, Allohim!

Shohsanam
Buxoro shahri
Manba: www.hazon.uz

Ushbu bo'limdagi yana bir maqola « Choychaqa

2

  • jonibek

    olloxga shukur

    jonibek 16.11.2017 04:06
  • ronaldo

    qoyil

    ronaldo 17.10.2017 11:59

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish