Turmush saboqlari (9)

Sayohatchi kelinning orzusi

Aziz xotini Diyoraning bir oydan buyon chet elga sayohatga chiqish haqidagi xarxashasini eshitaverib, qulog'i tom bitdi. "Ayol kishiga bir narsani aytib bo'lmaydi. Qayerdan ham va'da beribman", deb o'zini-o'zi koyib yurgan Azizning qarshisida xotini paydo bo'ldi-yu, sho'rlik erning peshonasi yana tirishdi.

Batafsil...  

Atirgulning qonli izi

Mahalliy poliklinikadan kelgan hamshirani ko'rgan Nodira xomush tortdi.
- Assalomu alaykum, bekorga ovora bo'libsiz-da, - dedi u yerga qarab.
- Ovorasi bormi, bu mening ishim-ku, singlim. Dushanba kuni nazoratdan o'tish uchun borishingiz kerak edi, bormadingiz?
- Oyijon, ruxsat bermadilar…
- Qaynonangiz uydamilar? O'zim tushuntirardim.

Batafsil...  

Hasadgo'y opa

Xonzoda o'zini qo'yarga joy topolmasdi. Uy to'la mehmon, kelib-ketuvchilarning keti uzilmaydi-yu, lekin ayol hammasiga qo'l siltab qochib ketishni xohlayotgandi. Darpardaning bir chetini ko'tarib, hovlida yal-yal yongancha yurgan kelinchakka qaradi. Yaltiroq kiyimlarga burkangan kelinchak hammaning ko'nglini olish bilan ovora. Uning yuzida mamnun kayfiyat, baxt barq urib turardi. Har kelgan mehmon kelinni o'pib-quchganida, maqtaganida Xonzodaning fig'oni falakka chiqar, asablari taranglashardi.
- Jodugar, hali shoshmay tur!

Batafsil...  

Makkora kundosh

Uyda televizor ko'rib o'tirsam, birdan telefon jiringlab qoldi. Go'shakni ko'tardim, xolamning qizi ekan. Qarindoshlarimiz orasida dangalchiligiyu rostgo'yligi bilan hurmat qozongan Vasila opamning ovozini eshitib, xursand bo'lib ketdim.
- Assalomu alaykum, ishlaringiz yaxshimi?
- Ha, zo'rman, o'zing-chi? Yuribsanmi haliyam erim zo'r, undan yaxshisi yo'q, deb. Qishloqdagi gaplar rostmi? Ering yana nima ish qildi?
- Qanaqa gaplar? Tushuntiribroq gapiring…

Batafsil...  

Oyoq ostidan chiqqan omad

Hosila ertalab do'konga chiqqandi, navbat kutib biroz turib qoldi. "Odamlarni qara-ya, nimalar yeyishmaydi, - deya o'yladi u turli yeguliklar xarid qilayotgan barvasta erkakka havas bilan tikilib. - Pishloq, kolbasa, sosiska, dudlangan go'sht, quritilgan baliq, tushyonka... Shuncha narsa-ya? Xotiniyu bolalariga maza ekan-da. Erkak degani shunaqa uddaburon bo'lsa..."

Batafsil...  

O'n yetti yil kutilgan baxt

- Hayotim qayg'uga ham, quvonchga ham limmo-lim. Ammo ortga boqib, bugungi kunimga shukr qilaman. Garchi ba'zi kunlarimni eslasam, yuragim ezilib ado bo'lganda ham ichimda "Xayriyat shunday kunlar o'tgan ekan, bo'lmasa bugunning qadriga aslo yetmasdim", deyman. Hayot meni sinadi, tobladi, mehr bilan siyladi.

Batafsil...  

"Qarindoshdan qiz olib xato qildim"

- To'rt nafar farzandni oq yuvib, oq tarab katta qildim. Qizlarimni uzatgach, o'g'limni uylantirish taraddudiga tushib, kelin izlay boshladim. Lekin qishlog'imizda o'g'limning ko'ngliga yoqadigani topilmadi. Otasi kattakon idoraning rahbari bo'lgan bir shaharlik qizning xonadoniga sovchilikka bordim. Ammo ular bizni o'zlariga teng ko'rishmadi. Rad etishdi.

Batafsil...