Qarshi qudachilik ikki oilani ayirdi

Qo'shnim Dilfuza opa nihoyatda dilkash ayol. Ammo bolalarining taqdiri uni doimo o'ylantiradi. Dilfuza opa kelin olgach, to'ng'ich qiziga kelinining ukasidan sovchi keldi. Qizga yigit yoqdi, shekilli, rozi bo'lishdi.

Oradan biroz fursat o'tib, o'g'li va kelini o'rtasida mojaro ko'paya boshladi. Sababi, kelinning xiyonati edi. O'g'li "U bilan yashamayman", deb turib olgach, Dilfuza opa nima ham qila olardi. Ammo u qizning taqdiri ham yomon tomonga o'zgarib ketishini xayoliga ham keltirmagandi. Kelini ketgach, qizning oilasida ham urush-janjal boshlanib, quda taraf qizni uyiga jo'natib yubordi. Mojaro kuchayib, oxir-oqibat ular ajrashishdi. Orada ikki nafar bola tirik yetim bo'lib qoldi.

Gulsara
Zomin tumani
Manba: www.hazon.uz

1

  • mamura

    ming afsus :'(

    mamura 04.12.2017 05:17

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish