Qaysi xislatlar islomda eng yaxshidir?

G'oyatda kambag'al bir ayol radio dasturiga qo'ng'iroq qilib, Alloh uchun yordam berishligini iltimos qiladi. Xuddi shu dasturni eshitib o'tirgan ateist, ayolning gaplarini tinglab turib, uni mazah qilish fikri hayoliga kelibdi.

Radiodan ayolning manzilini olib, kotibasini chaqirtirib debdi:
- Hoziroq bozorga borib, katta miqdorda oziq-ovqat maxsulotlarini sotib olasiz-da, mana bu manzilga eltib berasiz. Agar ayol sizdan:
- "Bular kimning nomidan" deb so'rasa, unga: - "Bular shaytonning nomidan" deb aytasiz, tshunarlimi? - deb buyruq beribdi. Va nihoyat ateistning kotibasi ayolning manziliga yetib kelib, ayolga mahsulotlarni topshiribdi. Ayol oziq-ovqatlarni ko'pligini ko'rib, judayam xursand bo'lib ketibdi va yordam uchun o'zining cheksiz minnatdorchiligini izxor etib, katta miqdordagi oziq-ovqatlarni kichkinagina kulbasi ichiga birin-ketin tashibdi. Shunda kotiba ayoldan kulib so'rabdi:
- Bu oziq-ovqatlar kimning nomidan ekanligiga qiziqmaysizmi?

Ayol javob beribdi:
- Yo'q, menga buning qizig'i yo'q. Chunki Alloh amr etib turganda, uni qutqarib qolish uchun hattoki shaytonlar ham shay bo'lib turar ekanlar.

Hadis: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan so'radilar: - "Qaysi xislatlar islomda eng yaxshidir?". Aytdilar: - "Ochlarga taom bermog'ing va tanigan yo tanimaganga salom bermog'ing".

Manba: Hadis kitobi - Al-jomi' as-sahih

Ushbu bo'limdagi yana bir maqola « Senga qaysi narsa yoqguvchi?

Fikr bildiring

Sahifa boshiga qaytish