Jonimga jon bo'lgan kuning

Dunyo armon, kuzni unutgay,
Muhabbat ham o'zni unutgay,
Hijron, g'amlar bizni unutgay,
Sen jonimga jon bo'lgan kuning.

Quyosh bo'lish orzusidaman,
O'zim quyosh yog'dusidaman,
Baxtning shodon kulgusidaman,
Sen jonimga jon bo'lgan kuning.
Samo inju sochar boshimdan,
Ga'm izlama ko'zda yoshimdan,
Omad ketmas aslo qoshimdan,
Sen jonimga jon bo'lgan kuning.
Muhabbating asrab yuraman,
Tangridan chin baxtlar kutaman,
Sen jonimga jon bo'lgan kuning.
Ta'sir etmas ayoz, qahramon,
Hatto soya solar saraton,
Meni sira yo'qlamas armon,
Sen jonimga jon bo'lgan kuning.
Masofalar pisand emas hech,
Dunyo asli bir kam emas hech,
Qayg'u yetolmaydi, endi kech,
Sen jonimga jon bo'lgan kuning.

Sohiba Mengatova
Jarqo'rg'on tumani
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .
  • Fikr bildirilmagan