Sevdim o'zni tiyolmay

Ishqi dilimda hamon,
Hijronning zajri yomon,
Boray desam yor tomon,
Yo'llarimni to'sdilar.

Mensiz bag'ri gul bo'lsin,
Yoray desam chap ko'ksim
Qo'llarimni to'sdilar.
Taxir emish zabonim,
O't socharmish tovonim,
Aytmoq bo'lsam da'voyim
Tillarimni to'sdilar.

Sevdim o'zni tiyolmay,
Yig'lamasdan kulolmay,
O'ng-ku, mayli, uyalmay,
So'llarimni to'sdilar.

Boqib qalbim ko'ziga,
Jodulasam o'zimga.
Boqolmasin deb yotga
Ko'zlarimni to'sdilar.

Lola Jo'rayeva
Qashqadaryo viloyati
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar