Qo'ymaydilar…

Hurkak ko'nglim,
Yovvoyi ko'nglim,
Ko'p ichida savdoyi ko'nglim,
Endi ravon bo'lganda yo'lim,
Qo'ymaydilar…

Dalli dilim, devona dilim,
Tutqunlikka begona dilim,
Endi kuylay boshlasa tilim,
Qo'ymaydilar…

Ko'nmas ko'nglim, ko'nolmas ko'nglim,
Dun qo'liga qo'nolmas ko'nglim,
Orom bog'im bo'lganda so'lim,
Qo'ymaydilar…

Qo'ying dedim,
Teginmang dedim,
Qoshimda ming egilmang dedim,
Qochgan edim, qutilgan edim,
Qo'ymadilar…

Shodiyona
Manba: www.sherxon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar