Sizsiz yashashga o'rganib qoldim

Men sizsiz yashashga o'rganib qoldim,
Lekin unutishga yetmaydi bardosh.
Izlaringiz izlab charchadim, toldim,
Ayriliq - yurakka botgan og'ir tosh.

Men sizsiz yashashga o'rganib qoldim,
Endi poylamasman yo'llaringizni.
Taqdirdan o'zimga keragin oldim,
O'shal qiz ayirdi qo'llarimizni.

Men sizsiz yashashga o'rganib qoldim,
Judolik azobi egadi boshim.
Sizday bevafoni qanday unutay?
Nahot unutdingiz, ey, bag'ritoshim?

Ozodabonu
Manba: www.hazon.uz

Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar