"Mensiz baxtli yurgandirsan..."

Bir zum to'xta, agarda qaytib kelmasang, to'xta!
Bu yuragim ol, senga sovg'a,
Uni menga umuman keragi yo'q.
Chunki unda yashamoqda yolg'on va'dalar,
Qora qoshu sochi sumbullar,
Ichi to'la sog'inchu qayg'ular.

Bir kun kelib, sog'inganim,
Meni yo'qlab kelarmisan?
Yohud faqat sog'ingan - men,
Mensiz baxtli yurgandirsan?..

Bir zum to'xta, qaysi yo'l bilan ketmoqdasan?!
Meni kimlarga, ayt, alishmoqdasan?!
Nahotki yuragingda endi men emas?!
Meni esa yuragim sensiz yashay olmas.
Daraxtlardan to'kilib bo'lgan xazonlar,
Barglarga burkanib yotar biz o'tirgan o'rindiqlar.
Ularning tagida sog'inchu azoblar,
Nobud bo'lib bo'lgan tuyg'ular.
Agarda bo'lsang baxtiyor,
Mayli, mani eslamay ham qo'yaqol.
Faqatgina bitta iltimosim bor,
Bu yuragim seniki, uni o'zing bilan olvol.
Va doim asra, u seni deb uradi yil, oy,
Hafta, kun va har bir daqiqa,
Uni sendan ortiq hech kimi yo'q hayotda.

Bir kun kelib, sog'inganim,
Meni yo'qlab kelarmisan?
Yohud faqat sog'ingan - men,
Mensiz baxtli yurgandirsan?..

Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .
  • Fikr bildirilmagan