Ertak aytmang bolalarga

Ertak aytmang bolalarga siz,
Shoirlardan uzoqroq oling.
- Mana bu yo'l, - deng:
- Mana bu qorin,
Shu g'am deya tolsin oyog'ing.

Ertak aytmang bolalarga, oh,
Kimligini bilib qolmasmi:
Farog'iydek yig'labon, e voh,
Gulhaniydek kulib qolmasmi?..

Ertak aytmang, kitobni yoping,
Boqmasin dil tilkalariga.
Axir u bolaku, Vatanning g'ami,
Og'irlik qiladi yelkalariga.

Hali bir kun o'zni taniydi,
Vatanni taniydi, taniydi ular.
U kun bizga la'nat aytadi,
Ertak tinglab o'sgan bolalar.

Najmiddinbek Ermatov
Qashqadaryo viloyati
Manba: www.hazon.uz

Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar

  • - jaxongirT

    man tuwunmadim togrisi.ertak atymaslik kerakmi bolalarga yoki bu kochma manodami

  • - sitora

    menga yoqdi bu sher. hayot ertak emasligini ko'rsatib bermoqchi shoirimiz menimcha. lekin ertaksiz hayot mazmunsiz gapga o'xshab qoladi. ertaklarda juda koplab mano va ibratli hikmatli tushunchalar bo'ladi. milliy ertaklardan koproq gapirib berish kerak.

  • - sitora

    ijodizga omad tilayman. yana yangi sherlardan yozib turing

  • - NeymarJ

    Zo'rku ;)

  • - sitora

    yangi maqolalar nimaga chiqmayapti