"Nega qo'ling kishanli?"

Bir suluvdan so'radim:
- Nega qo'ling kishanli?
- Men yerga bandi.

Dod dedim, dil dod dedi:
- Endi ne qildik, daydi?
- Dedim, qolib bo'lmaydi.

Osmon keldi, yig'ladi:
- Tilaging ne der?
- Menga qanot ber.

Hayot keldi, o'tindi:
- Bag'rimni to'ldir?!
- Yo'q, meni o'ldir.

Najmiddin Ermatov
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar