Taqdirimdan minnatdorman...

Sizdek qalbi toza, mehribon, insoniylik fazilatlarini qadrlaydigan kishini menga uchrashtirgan taqdirdan minnatdorman va Yaratganga behisob shukrlar aytaman. Sizdek mehnatsevar, oilasini ardoqlaydigan, mard erkaklar ko'paysin va ko'z tegmasin.

Turmush qurgunimizgacha bo'lgan bir yilcha davr va yangi hayotga qadam qo'yganimizdan keyingi o'tgan shu bir necha yil davomida sizning mehr-muhabbatingiz bilan bilan hayotimda yangi sahifa ochildi. Sizni o'sha birinchi ko'rgan vaqtimda yuragimda qandaydir tuyg'u jarang sochganini his qilgandim. Hozir esa bu juda kuchli muhabbat uchquniga aylandi. Ishda ushlanib qolgan kezlaringiz sizni bir kun ko'rmasam qattiq sog'inadigan bo'lib qoldim. Yaxshi hamki bu sog'inchlar tezda o'z egasini topib oladi. Farzandlarimiz, ota-onamiz baxtiga, mening baxtimga doimo sog'-salomat bo'ling. Sizni sevaman! Umr yo'ldoshingiz.

Sevara
Buxoro shahri
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .
  • Fikr bildirilmagan