Oyning o'n beshi, albatta, yorug'!

Salom, qadrdon opajonlarim va sog'inganim mehribon onam. Meni ancha kutdingiz. Hali ham sog'inch hissi ila diydorimni ko'rishdan umidvorsiz. Oramizda masofa qanchalar uzoq bo'lmasin, mehringiz taftini his etib yashamoqdaman.

Qalbim doimo sizlar bilan birga. Lekin yuragimni bir og'riq azoblayapti. Sizlarning quvonchu qayg'uyingizga sherik bo'lolmayotganimdan o'zimni aybdor his etyapman. Bu gunohimni biroz bo'lsa-da, yuvish uchun ushbu nomam ila sizlarga dalda bo'lishni lozim topdim.

Ishoning, mehribonlarim, bu kunlar xuddi oqar daryodek bir zumda o'tib ketadi. Va shuni doim yodingizda saqlang, oyning o'n beshi qorong'u bo'lsa, o'n beshi, albatta, yorug'! Mehribonlarim, sizlardan ozginagina sabr qilishingizni so'rab qolaman... Sizni O'z panohida asrasin! Hurmat ila uzoqdagi yaqiningiz.

Jasur Ismoilov
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar