Yaratganning har bir kuni ne'mat

Yaratganning har bir kuni ne'mat, har kuni bayram. Har kunning o'z ajri va savobi bor. Ro'za oyida savob ishlarni qilish, sadaqa berish, yetimu yesirlar, bemoru keksalar holidan xabar olish barchamizning burchimizdir. Nafaqat Ramazon kunlari, balki har kuni, har daqiqa gunoh ishlardan tiyilish - bu kamolot sari qo'yilgan birinchi qadam.

Barcha musulmon ahliga Ro'zai-Ramazon oyi muborak bo'lsin. Bu oy xonadoningiz go'zallik, fayz-barokat, birlik va barobarlik bilan o'tsin.

Hayot mo’jizakor, jilvakordir asli,
Sezamizmi, axir buni har doim?
Kechirimlar, shukurlar erur kun fasli,
Avf etar bizlarni tangrim, Ollohim.

Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar