Onajonimga

Qachon yolg'iz qolsam g'amdan ezilib,
Sizni mehribonim, izlab qolaman.
Issiq quchog'ingiz taftin sog'inib,
Xumor qilganimcha o'yga tolaman.
Shunda yuragimdan chiqar bir nido,
"Hech kim onasidan bo'lmasin judo!"

O'la-o'lgunicha mehriga qonib,
Firoq azobidan bo'lmasin xunob.
Ona farzandining pushti panohi,
Aziz dilbandining dardin davosi.
Onadir sabr ila dard tinglaguvchi,
Onasiz hayotning yo'qdir ma'nosi.

Ona bor, dunyoda mehr abadiy,
Ona bor, olamda tinchlik barqaror.
Ona - yuraklarga kuchdirilohiy,
Onalar tufayli baxt bor betakror.

Bu olam ahlining panohi - ona,
Farzandlar qalbining faxri - ona.
Turmush o'rtog'ining - dardkash hamrohi,
Uyning farishtasi, ham mohi - ona.

Men uchun onaning qadri o'zgacha,
O'zgachadir unga bo'lgan hurmatim.
Toki hayotdirman, o'lgunimcha,
Tugamas onam, deb yozgan bayotim.

Zulfizar
Buxoro shahri
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .
  • Fikr bildirilmagan