Iqror

Gulzorimni bezamoq istab,
Gulzorga gul tergani bordim
Va bir gulga qo'l uzatdim-u...
Ikkilanib, o'ylanib qold

im.Bolarilar qarg'amaydimi,
Bol - rizqining boshiga yetsam.
Ham chiroyli kapalaklarning
Quvonchini o'g'irlab ketsam.
Gul taxtidan tushirganim-chun,
Xonqiz alam olmaydimikin?
Gulsoyasiz chumolilardan
Oftob o'tib qolmaydimikin?
Qanday ayro etaman, ular
Gulni mendan ko'proq sevishsa?
Yo kim degan odam bo'laman,
Xudoyimga aytib berishsa?
Shu kunlarga gul emas,gunoh
Terganimni tushunib yetdim.
Va qirmizi gullar oldida,
O'z-o'zimdan uyalib ketdim.

Rohatoy Ismoilova
Buxoro viloyati
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar