Ishonmasangiz nega sevdingiz?

Yolg'onlarga ishonib ketdingiz,
Orzularimni armon etdingiz.
Muhabbatim xazon qilib dod,
Ishonmasangiz nega sevdingiz?!

Menga o'tmishmas kelajak kerak deb,
Kuldirmay, ko'zlarimni yig'latdingiz.
Ortimdan tuhmat toshlarin otib,
Ishonmasangiz nega sevdingiz?!

Malikaman sahrolar qo'ynida,
O'z vadangizni buzib ketdingiz.
Taslim bo'ldim-ku hayot yo'lida,
Ishonmasangiz nega sevdingiz?!

Yo'lingiz yoritdimi go'zallar,
Meni bir bor o'ylamadingiz.
Xayolingizda minglab gumonlar,
Ishonmasangiz nega sevdingiz?!

Yuklab olish (1.54 Mb)

Dilnoza Xudarganova
Manba: www.zamonaviy.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .
  • Fikr bildirilmagan