Do'stlik sevgimni izhor qilishga yo'l bermaydi

Bugun u bilan tanishganimga to'rt yil bo'ldi. Shu yillar mobaynida u bilan suhbat qurib, gallarini tinglash menga cheksiz quvonch bag'ishlagan. Uning har bir gapi, so'zi men uchun o'zi kabi juda qadrli. Ammo men u uchun qay darajada muhim inson ekanimni bilmayman. Sababi, u meni faqatgina do'st deb hisoblaydi.

Bir-birimizga bo'lgan hurmat havas qilgulik darajada. Shu paytgacha birorta qizni o'sha qizni hurmat qilganchalik hurmat qilmaganman. Unga mehr berganchalik hech kimga mehr bermaganman. Shu bilan birga, unga ko'ngil berganchalik hech kimni sevmasam ham kerak. "Nima bo'lsa-bo'lar" deb unga dil izhori qilgim keladi-yu, lekin uning tez-tez takrorlaydigan gapini eslab, shashtimdan qaytaman: "Biz siz bilan juda yaxshi do'stmiz. Ba'zi yigitlar do'stlikdan sevgiga o'tib qo'ya qolishadi. Meni faqat do'st deb bilib, be'mani tuyg'ular haqida gapirmaganingiz uchun ham sizni juda hurmat qilaman". Bu gaplardan keyin unga ko'ngil ochish ahmoqlik bo'lsa kerak. Ba'zan esa hatto do'st bo'lganimga afsuslanib ketaman. Agar do'stlashmaganimda, unga bunchalar bog'lanib qo'lmagan bo'larmidim.

Asror
Samarqand viloyati
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .
  • Fikr bildirilmagan