Ishq uvoliga qolgan malak

U bir qizni yuragidan sevdi, qalban uning bokira sevgisini his etib yashadi. Bir umr uning go'zal muhabbati bilan hayot kechirdi. Qiz esa uni o'ylamay, o'zga yor bilan ketdi. O'zga yorni baxtli qilaman deb o'yladi, ammo bo'lmadi. O'sha tanlagan yori unga vafo qilmadi. Norasida go'dagi bilan ko'chaga chiqarib haydadi.

Ayol ota uyida qolib, bir umr xo'rlanib yashadi. Farzandining otasi boshqa bir qizga uylandi. U, bolaning uvoli tutishidan qo'rqmadi. Ona esa har bir daqiqani yig'lab o'tkazdi. U bir narsadan qo'rqdi. "Qachonlardir ishqimda kuyib yurgan oshiqning uvoliga qoldimmi", deb o'yladi.

Ilk oshig'i chin oshiq edi. Bir umr sevgilisining nurli chehrasini o'ylab, uylanmadi. "O'zga yor bilan baxtli bo'lolmayman, uni baxtsiz qilib qo'yaman", deb cho'chidi. Yil ketidan yil, oy ketidan oylar o'tdi. To'xtovsiz o'tayotgan umr bir lahza bo'lsa ham uning yoshligini saqlab qololmadi. Bir kuni bekatda tasodifan o'tmishdagi muhabbati bilan uchrashib qolib, ko'zlariga yosh qalqdi. Oradan shuncha vaqt o'tsa-da, oshig'i ham uni tanib, duv-duv yosh to'kardi. O'shanda u ishq atalmish dengizga g'arq bo'lgandi. Uning yuragidagi orzulari esa allaqachon sarobga aylangandi...

Latofat Bo'ronova,
Qashqadaryo viloyati.
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar