"Aybingiz go'yoki onaligingiz"

Go'zal bahor havosi vujudimga o'zgacha mayinlik bergandek. Xayollarim har doimgidek olislagani-olislagan. Hayot sinovlarga to'la, unda faqat g'oliblargina o'z o'rnini topadi.

Allohga ming shukr, ota-onam yonimda, shu sabab ishlarim o'ng. Bir parcha etligimdan shu yoshimgacha hatto shamol qattiq esmasdi mening yonimda, yomg'irlar chetlab o'tdi doim meni... Onam yonimda - do'stga muhtoj sezmadim, suyanch izlamadim. U yonimda bo'lgani tufayligina el ichida qaddim tik, nigohim mag'rur. Ba'zan bilib-bilmay diliga ozor yetkazganimda ham ko'nglimga qaragan, sochlarimni mehr-la silagan, eng to'g'ri yo'l ko'rsatgan ham u!

Yana tong otadi, kelar yangi kun,
Chehrangiz hadikdan najotsiz go'yo.
Oh deysiz, bo'g'ilib ketasiz ba'zan,
Beshavqat ko'rinar hattoki dunyo.

Axir dilbandingiz sizdan olisda,
Soniya o'tmaydi eslaysiz uni.
Sog'inib ketaiz, ko'zingiz yo'lda,
Qo'ng'iroq qilasiz hatto har kuni.

"Xavotir oldim-da, o'zing tuzukmi",
Deysiz-da: "Haftada yo'qlagin, bolam!"
Go'shakni qo'yaman o'yga tolib men,
Shunchalik xudbinmi, ona, qizingiz?!

Doim termulasiz ko'zlarimga jim,
Aybingiz go'yoki onaligingiz.

Farangiz Azamovna
Buxoro shahri
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar