Ko'ngil saltanatidan noma

Hayot sinovlarga limmo-lim bo'lar ekan. Goh quvonch, goh qayg'u, goh omad, goh alam... Xullas, umr yo'llarida taqdir o'zining bir-biriga o'xshamagan o'yinlar ketma-ketligi bilan yoshimizga yosh, aqlimizga aql, kunimizga kun qo'shish bilan birga bizni raqqoslar kabi o'z o'yinida o'ynatar ekan (odamlar hayotning qo'shig'iga, taqdirning o'yiniga o'ynovchi raqqos va raqqosalarga o'xshatilganligi haqida qayerdadir eshitgan edim). Men ham mana shu o'yinlardan birining ishtirokchisiga aylandim. Sevgi bobida. Ko'ngil bobida...

Men dilimni bergandim unga. Hech kimga bermagan ishonchni, hech kimga bermagan sog'inchlarimni, hech kimga bermagan yuragimni. Bir zumda chil-chil bo'ldi men topdim deb adashgan ko'ngil. Meni osmonda parvoz qilishga undagan tuyg'ular...

Tuyg'uning paydo bo'lishi va inson uni anglab yetishi asta-sekinlik bilan sodir bo'ladigan jarayondir. Tuyg'uning so'nishiga esa bir soniya ham kamlik qilmas ekan. Hassani bir marta yo'qotadilar. Ikkinchi marta yo'qotdimi, demak, u ko'r emas! Yana shuni bildimki, taqdir joningga qayg'urib o'tirmas ekan...

Unutamiz, deb sevgini xo'rlab qo'ydi,.
Visol baxtin endi xomxayolga yo'ydik.
Ketdi orzu, ketdi tuyg'u, ketmoqda vaqt,
Ketdi quvonch, ketdi kulgu, ketmoqda baxt.
Sog'inch isming yuragimga joylab turar,
Armon sen yo'q so'qmoqlarda poylab turar.

Farangiz
Buxoro shahri
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .
  • Fikr bildirilmagan