Qoidalar

Saytdan foydalanish davomida, foydalanuvchi qoidalarda yozilgan barcha shartlarga rioya qilishga majbur. Agar ushbu shartnomaga rioya qilmasa qonun doirasida shaxsan o'zi barchasiga javobgar hisoblanadi.

Shartnoma
1. Mehmonlar ro'yxatdan o'tib, shaxsiy sahifa yaratish imkoniga ega.
 
2. Ro'yxatdan o'tish davomida istalgan login nomini (faqat boshqa foydalanuvchida bu nom bo'lmasligi kerak) va parolni tanlashi mumkin. Foydalanuvchi o'z parolini sir saqlashi va uni uchinchi shaxslarga bermaslikka majbur.
 
3. Shartnoma Portaldagi ro'yxatdan o'tish formasini to'ldirgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.

Saytning qisqacha mazmuni
1. Hazon.uz - Sevgi-muhabbat, romantik hissiyotlar, oilaviy munosabatlar shuningdek ularga doir suratlarni, videolarni chop etuvchi portal hisoblanadi.

2. Portal sahifalarida reklama bannerlari namoyish qilinmaydi. Xohlagan brauzerdan foydalanishingiz mumkin.

3. Saytda pullik akkaunt va foydalanuvchilardan ma'lum cheklovlarni olib tashlaydigan xizmatlar yo'q.
 
Qoidalar
1. Har bir foydalanuvchi o'zining huquq va majburiyatlariga qat'iy amal qilishga majbur. Foydalanuvchi tomonidan sayt sahifalarida nizoni keltirib chiqarishga qaratilgan yolg'on, haqorat, beadab va axloqsiz sharhlarni yozish ta'qiqlanadi.
 
2. Sahifalardagi ma'lumotlarni ko'chirib, boshqa saytda chop etganda foydalanuvchi materiallarning manzilini ko'rsatishi shart.

3. Foydalanuvchi tomonidan saytni buzishga, yoki undan foydalanishni qiyinlashtirishga qaratilgan har qanday harakatlar ta'qiqlanadi. Ushbu xarakatlarga saytning jismoniy hamda mantiqiy tuzilishiga ta'sir etuvchi xarakatlar, shuningdek ma'lumotlarni avtomatik qo'lga olish, ko'chirish va yuborish, shu jumladan turli mexanik va dasturiy vositalar hamda skriptlardan foydalanish kiradi.

4. Ijtimoiy tarmoqda buzg'unchilikni targ'ib qiluvchi, behayo fotosurat yoki videolarni yuklash qat'iyan ta'qiqlanadi.

Qo'llanma
Shartnoma shartlarini buzuvchi ma'lumotlarni ogohlantirishsiz o'chirish, hamda foydalanuvchilarga nisbatan quyidagi jarimalarni qo'llash huquqini o'zida saqlab qoladi:
- Foydalanuvchiga 1 haftaga to'siq qo'yish.
- Ikkinchi qoida buzilishi – foydalanuvchiga 1 yilga to'siq qo'yish.
 
To'sib qo'yilgan foydalanuvchi tizimga kirolmaydi. Agar sahifasini tiklamoqchi bo'lmasa, qaytadan ro'yhatdan o'tishi mumkin.

Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .
  • Fikr bildirilmagan