Javobsiz sevgi haqida

Bizga ma'lumki, sevgi bir kishining muhabbati bilan butun bo'lmaydi. Kimgadir ko'ngil berasizu, u sizni xushlamasa, bundan og'riqli alam yo'q. Bu kechinmani odatda "javobsiz sevgi" deyishadi. Undagi sabablar asosan ikki xil:
1. Siz sevgan insoningiz, boshqasini sevadi. 2. Siz unga yoqmadingiz...

Birinchisida, sevib qolgan insoningiz boshqasini sevsa, ortiqcha harakatga, shoshma-shosharlikga, alamga berilmang. "Suymaganga-suykalma", iborasiga amal qilib, o'zingizni ruhan sabrli bo'lishga undang. Sababi, besamar urunishlar bilan o'zingizni battar azobga qo'yishingiz mumkin. Shu zaylda davom etish, qattiq o'rganib qolishingizga olib keladi. Shundog'am javobsiz sevgi qalbingizga og'ir botishi turgan gap. O'zingizga ruhan dalda bo'la olsangiz, javobsiz qolgan muhabbat bir kun qayta kurtak yozishi shubhasiz! Bu dunyoda hamma baxtli, farovon, to'kis yashashni istaydi. Faqat bunga haqli ekanini isbotlash lozim. (Sabr va harakat)

Ikkinchisida, siz, javobsiz sevgiga chora topish imkoniyatiga qisman bo'lsa-da egasiz. Deylik, siz ko'ngil qo'ygan insoningizga yoqmadingiz. Bunday hollarda kishida tez-tez zerikish, ko'p o'ylanuvchanlik, siqilish, behuda vaqt ketkazish holatlari kuzatiladi. Ayrim usullar (maslahat)ni e'tiboringa havola qilamiz:
1. Sevgan insongizga yaqin bo'lgan dugonasimi, biron-bir qarindoshi bilan yaqin bo'lib oling. U sizning samimiy, yaxshi inson ekanizga ishonsin. Kezi kelganda yordami tegish ehtimoli yuqori.

2. Sevgilingiz xarakterini o'rganib, siz ham dunyo qarashingizni uningdek bo'lishiga imtiyoz yarating. U, ko'proq nimani xohlaydi, nimani yoqtiradi? Xushmuomila bo'lishga harakat qiling. Zero, xulq-atvor o'rinli ahamiyatga ega. Hozir sevmasa ham, yuksak hurmat sekin-asta qalbiga kirib boradi.

3. Agar uning e'tiborini yanada jalb qilmoqchi bo'lsangiz, uni uchratadigan vaqtlarda, faqat bir xil kiyimda ko'rining. Ya'ni, har kuni har xil kiyimda emas, kechagidek bugungisida ham. Faqat uni ko'rish oldidan, albatta. U sizni kiyim sotib olishga qurbi yo'q ekan, deb o'ylashligi uchun emas, sizdagi bir xil ko'rinish va hardoimgidek ranglar uni qalbini egallay boshlashiga turtki bo'ladi. Unga hozircha yoqmasangiz-da, keyinchalik har kungi ranglar va o'sha libosini siz yo'q paytingizda ham ko'rgisi kelgandek, tuyg'u uning xayolini qamrab oladi.

Yoqishlikning yo'llari ko'p. Avvalo, hammasi o'z qo'lingizda. Harakat qilsang, noumid bo'lmasangiz, barchasi ko'ngildagidek kechadi. "Shu qizni sevaman", degan bilan ish bitarmidi?..

Hazon
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar