"U meni yana ermak qilmoqchi"

- Yoshligimda meni bir yigit qattiq sevgandi. Menga ham u yoqardi. Biz gaplashib yurardik. Ammo o'qishni bitirar yilimiz u menga uylana olmasligini, bunga sharoiti to'g'ri kelmasligini, boshqasiga turmushga chiqib ketaverishimni aytdi. Yig'lab-yig'lab u bilan xayrlashdim.

Oradan yillar o'tdi. Bir kuni do'konda uni uchratib qoldim. Menga telefon raqamini berdi va oradan bir necha kun o'tib, qo'ng'iroq qildi. U bilan do'stona salom-alik qildim. Lekin u meni sog'inayotganini, birga qayergadir choy ichishga borishimizni, gaplashishi kerakligini aytyapti. Axir mening oilam, bolalarim bor. Yana unga ermak bo'lishni xohlamayman. O'zgalar ko'nglini ermak qilish shunchalik osonmi?!

Dilnoza
Toshkent shahri
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar