"Erim onamni yoqtirmaydi".

- Yaqinda turmushga chiqdim. Qaynota-qaynonam ajoyib inson ekan. Turmush o'rtog'im ham doimo ko'nglimga qarab munosabatda bo'ladi. Hammasi joyida, turmushimiz shirin kechyapti. Biroq ota-onamni tez-tez sog'inib qolyapman. Kunda, kunora onamga qo'ng'iroq qilaman.

U kishi ham har kuni hol-ahvolimni so'rab telefon qiladi. Bundan negadir erimning jahli chiqadi. "Onang kamroq qo'ng'iroq qilsin", deya onamni yomon ko'rgandek, ko'nglimni og'ritadi. Axir onam kuyovini qanchalar yaxshi ko'rishini erim bilmaydi. Balki, bilganida bunaqa demasmidi?

Nigora
Zomin tumani
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar

  • - sitora

    buni o'zgartirish o'z qo'lizda. erizga ko'proq mehr ko'rsating ko'nglini yumshating. sizni ko'p hurmat qilsa onangizni ham shunday hurmat qiladi