"Qanday yo'l tutishga ikkilanib qoldim..."

Salom, Hazon. Bu SMS-maktubni yozib to'g'ri qilyapmanmi, yo'qmi bu ham meni tashvishlantirmoqda. Lekin kimdadir shunga o'xshash holat yuz bergan bo'lsa, maslahatini ayamasligiga umid qilganim uchun ham qisqacha yozib yuborishga qaror qildim.

Bir qizni uchratdim. Qaysidir jihati e'tiborimni tortdi. Avval bir oydan oshiq kuzatib yurdim. Yomon qizga sira o'xshamasdi. Keyin oldiga borib, dangal gap tashlab, tanishmoqchi ekanligimni aytdim. Qizig'i u ham dangal gapirib, o'rtada haqiqat bo'lishini istabmi bilmadim boshidan o'tkazgan voqealarni lo'nda qilib tilga oldi. Shundan keyin qanday yo'l tutish o'zimga havola ekanini bildirdi. Aytishicha otasining xiyonati va ko'p ichishi sabab u bilan 7 yildan buyon yashamas ekan. Onasi va bir ukasi bilan ko'p qavatli uyga ko'chib o'tishibdi. Bir yigit bilan ma'lum vaqtga gaplashganini, u yigit esa o'rtoqlariga raqamini tarqatib, ko'nglini xira qilgani uchun oralari buzilib ketganini aytdi.

Kishida, baribir, shubha-gumon uyg'onsa-da uning yaxshi qiz ekaniga negadir ishongim kelyapti. Qalbim shunga undayotgandek tuyilaveradi. Unga qo'limdan kelganicha yordam berishni istayapman. Ammo, lekin, biroq... ayni zamonda yaqin insoning ham aldab, yuzingni yerga qaratib ketishi hech gap emas. Qanday yo'l tutishga ikkilanib qoldim.

...39-01 abonenti
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar

  • - sitora

    avvalo yuragizga quloq soling u nima diyapti. keyin shoshilmang. u qiz sizga munosib ekaniga ishonch xosil qilishiz kerak. uydegilarizni bunga munosabati qanday shularni xam hisobga olishiz kerak bo'lmasa o'zizni umidvor qilib qo'yasiz

  • - tolmas

    qiyin masala lekin rostdanxam.onasi bilan bir uchrashib gaplashib korishiz kerakga oxshaydi.onasini korib qizini ol