Qarindoshni sevish aybmi?

- Men tog'amning nabirasini sevib qoldim. U ko'nglimdagiday qiz edi. Ota-onamga aytgandim, ularga ham ma'qul keldi. Darrov sovchi jo'natish uchun tog'amdan rozilik olmoqchi bo'lishdi.

Ammo tog'am va yangam qarindoshligimizni bahona qilib, rozi bo'lishmadi. To'g'ri, qarindoshmiz, ammo juda uzoq qarindosh. Nilufar bilan alohida uchrashib gaplashdim. U aniq javob aytmagan bo'lsa-da, qat'iy qilib "yo'q" ham demadi. Sezishimcha, u ham meni yaxshi ko'radi.

Buni ota-onamga aytgandim, yana tog'am bilan gaplashib ko'rishdi. Bu gal tog'am "Men qizimni oliy ma'lumotliga beraman, qora ishchigamas", debdi. Ko'nglim qattiq og'ridi. Ota-onamni-ku aytmasam ham bo'ladi. Shu bo'ldi-yu, garchand qiyin bo'lsa-da, Nilufarni unutishga qaror qildim. Tog'am aytganday men oddiy usta-hunarmand edim. Otam va ikki akam bilan imorat qurib, yangi usulda ta'mirlash ishlari bilan shug'ullanardik. Keyinchalik, institutga kirib o'qidim. Hozir viloyatdagi eng nufuzli qurilish korxonasida ish boshqaruvchiman. Ota-onam topgan qizga uylanmoqchiman. Ammo Nilufarga bo'lgan muhabbatim yuragimdan hali-hanuz ketgani yo'q.

Eshitishimcha, Nilufar tog'am orzu qilgan yigitga turmushga chiqibdi. Turmushi uncha yaxshi emas, shekilli, ajrashmoqchi bo'lib yurganmish.

Tog'am o'shanda "yo'q" deb turib olmaganida edi... Men uni baxtli qilish uchun hamma narsaga tayyor edim, ming afsus. Nahot, sevish ayb bo'lsa?

Zohid
Qarshi shahri
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar

  • - Farangiz

    Ayb ish bo'masayam shariat yuzasidan to'g'ri kelmaydi

  • - sitora

    qarindosh bilan turmush qurganlarning 80 foizi menimcha baxti to'kis bo'lmaydi. ota bobolarimiz avvallari bekorga qarindosh bilan nikoh qilishmagan. hozir hamma narsani zamonga yoyib odamlar qilinmagan barcha ishlarni amalga oshirib borishyapti