Har bir gunoh ishning hisobi bor

Salom, Hazon! Ahvollaringiz yaxshimi? Sizga yozayotgan ushbu maktubimda qizlarni qarmog'iga ilintirishda mukkasidan ketgan bir inson taqdiri xususida qisqacha so'zlab bermoqchiman.

Bir necha yillar muqaddam tanish do'stim bo'lardi. Nuqul hammadan qarz so'rab, qaytarib bermay, bersa ham quruq va'dalar bilan ancha sarson-sargardon qilib, so'ng qaytarib berardi. Til yog'lamalikda, o'zini bechora hol ko'rsatib kimdandir yordam olishda, chuv tushirishda unga yetadigani yo'q edi. Aslida, yashash sharoiti unchalik ham achinarli holatda emasdi. Har holda qora qozoni qaynab turardi. U haqda chuqur yozadigan bo'lsam, 3-4 kitobli qissa bo'ladi.

Xullas, cho'ntakdagi bor pulini gunoh ishlarga sarflardi. Sanab hisobdan adashib ketadiganchalik qizlarni aldab, ular bilan ko'ngilxushlik qilardi. Achinarlisi ular ichida ko'pchiligi sodda, ishonuvchan, shu odamga uchraguniga qadar qo'lini birovga ushlatmagan, "senga uylanaman" degan soxta va'dalarga umid bag'ishlab yurib, oxiri ko'zlari yoshlanib qolgan gul qizlar edi. Esimda, ozroq vaqt bir joyda birga ishlagandik. Shunda unga bo'ladigan tinimsiz qo'ng'iroqlardan birini eshitib qolib, go'shakdan kelayotgan qizning azobli yig'lagani ko'nglimni ezgandi. U esa parvo qilmay, foydalanib bo'lingan, endi keraksiz buyumni tashlab yuborish payiga tushgan odamga o'xshab mazax qilgancha kulib o'tirardi. Bu yo'ldan qaytishini, ishonchni suvistemol qilish yaxshilikka olib kelmasligini ko'p bor aytgandim. O'z bilganidan qolmadi. Keyinchalik menga nisbatan ham davomli yolg'onlari sabab oramiz ochiq bo'ldi.

Nihoyat ro'yxatidagi qizlarning biriga uylandi. Yillar yeldek yelib o'tardi. Uning faqat farzand ko'rmayotganligi, uyida kunora janjal ekanligi haqidagi gaplarni eshitardim, xolos. Faqat kechagina yangi xabar eshitib, o'zimcha o'ylanib qoldim va bu haqda sizga maktub yozishga qaror qilgandim. Mana, oradan 12 yil o'tib ketibdi. Lekin haligacha farzandi yo'q ekan. Kim biladi deysiz, omonatga xiyonat qilgani, nechta aldangan qizlarning qarg'ishi uning biri ikki bo'lmasligiga sabchi bo'layotgandir. Xotini bilan ajrashmabdi, ajrasholmabdi. Teshik quloqqa gap kelib yetishicha unga uylanishiga sevgi yoki ota-onasining tanlovi emas, o'zining hirslari sababchi bo'lgan ekan va haligacha uning chizgan chizig'idadan chiqolmas ekan. Bir oylarcha avval surogat onadan bola asrab olishibdi. Darvoqe, boya "ro'yxatidagi qizlar" degan jumlani ishlatgandim. Aslida, uylanishi mumkin bo'lgan qizlari ro'yxatida xotini bo'lmagan.

Bahodir
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar

  • - BekmirZa

    Haaaa yemogni qusmogi boorr

  • - sitora

    xaqattanam qilmish qidirmish degan narsalar bor. man nafratlanaman bunaqa pastkash o'zini erkakman deb yurgan chala chigitlardan. xayf bularga umr. albata jabrini ko'rgan bir bugunoxla uchunam hali kop vijdoni qiynaladi

  • - Muxlisa

    farosatsiz, iymonsiz odamdan kutsa bo-ladi. endi boshi devorga urilibdi va ana endi ogriqlarni xis qilib yashaydo

  • - Nezom

    siznincha qizlani aldagani uchn farzand kormayapti deb oylismi manimcha undaymas. 15 yildayam farzand korganla bor

  • - Solix

    Albatta Allox barchasini ko'rguvchidir. Gunoxlarga jazo berguvchidir. Hech kim bu dunyoda birovni qaqshatib baxtli yasholmaydi. Yashagani bilan uzoqqa bormaydi